Ta’minot jarayoni auditi


Download 26.48 Kb.
bet2/10
Sana30.01.2024
Hajmi26.48 Kb.
#1808987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’minot jarayoni auditi

Ta’minot jaraѐnida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi: xo’jalik sub’ektiga moddiy qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish, ayirboshlash, vositachilik va boshqalar); mol etkazib beruvchi ѐki pudratchilarning turi (mulkdor, kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.); etkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari xizmatidan foydalanish); hisob-kitoblar tartibi. Moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun namunaviy shartnomalar bo’yicha asosiy shartlarga auditorlar tekshirilaѐtgan sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari bilan umumiy tanishib chiqish vaqtida aniqlik kiritadi.

Ta’minot jaraѐni ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini baholashning ikkinchi va uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:

1) moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli bitimlarning katta jmi; 2) uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi; 3) moddiy qiymatliklar sotib olishga tender e’lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish, hisobini yuritish va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun mas’ul bo’lgan shaxslar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash; 4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan xo’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi. Bunday holat sabablarini aniqlash to’lovlarga ruxsat beruvchi shaxslar va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritish schѐtlarini solishtiruvchi shaxslardan qat’i nazar amalga oshirilishi lozim; 5) bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari.


Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling