REJA: - 1. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari
- 2. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko’rilgan zarar) larni tekshirish
- 3. Davr sarflarini tekshirish
. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari - Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash.
- №21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko’rsatkichi bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
- .
ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi. - ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |