Тамойиллари минтака иктисодиётини тартибга солиш мох,ияти, тамойиллари ва


Download 0.69 Mb.
bet2/13
Sana31.05.2020
Hajmi0.69 Mb.
#112399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Davlat moliyasi

Sug’urta
Xo’jalik sub’ektlari moliyasi



Mulkni sug’urtalash

Davlat byudjeti

Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar

)

Davlat krediti

Ijtimoiy sug’urta

Shaxsiy sug’urta

Javobgarlikni sug’urtalash

Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi Notijorat asosida faoliyat yurutuvchi korxonalar moliyasi




Jamoat birlashmalari moliyasi

Tadbirkorlik risklarini sug’urtalash
Davlat korxonalarining moliyasi - J

Sug’urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bo’lsa, sug’urta esa faqat qayta taqsimlash munosabatlarini qamrab oladi.

Davlat krediti - bu shunday pul munosabatlar tartibiki, unda davlat qarz oluvchi bo’lib, qarz beruvchi sifatida esa yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashadilar. Davlat krediti byudjet kamomadini qoplashga, ssuda kapitali bozorini tenglashtirishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish manbalarini vujudga keltirishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishga sarf etiladi.

Davlat moliyasi



Davlat byudjeti

Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati taqsimlash va nazorat funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Taksimlash funksiyasining amal qilish doirasi byudjet bilan munosabatlarga ijtimoiy ishlab chiqarishning deyarli barcha ishtirokchilari kirishi bilan b elgilanadi.

Byudjetdan tashqari

maqsadli

jamg’armalar

Byudjetdan tashqari jamg’armalarning mohiyati shundan iboratki, boshqa masalalarni tashkil etishda sarf bo’lishi mumkin bo’lgan mablag’larning zahirasini barpo etishdir.

Davlat krediti

Davlat krediti xo’jalik yurituvchi sub'yektlar uchun qarzlar berishni anglatadi.

Davlat korxonalari moliyasi

Mamlakat hududida faoliyat yurituvchi davlat korxonalarining moliyaviy ahvoli va barqarorligini ko’rsatadi




  1. Moliyaviy resurslar va ularning shakllanish manbalari

Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy r esurslar shakllanadi, davlat va xo’jalik sub'yektlari tomonidan jamlanadi.

Milliy daromad umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan moliyaviy resurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida pul mablag’larning markazlashgan jamg’armalari tashkil qiladi.

Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi markazlashmagan resurslar tashkil qilinadi.

Qoidaga binoan, moliyaviy resurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p, chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari moliyaviy resurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi.

Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan tashkil topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy resurslarning ikkinchi zaruriy manbasi deb hisoblanadi.

Markazlashgan moliyaviy resurslar -bu soliqli va soliqsiz to’lovlar va ajratmalar orqali sof daromadning qayta taqsimlash natijasi.

Markazlashgan moliyaviy resurslarning manbalari:

  • davlat ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va shaxsiy sug’urtalarga qilinadigan ajratmalar

  • byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan ajratmalar

  • xo’jalik aylanmasiga jalb etiladigan milliy boyliklarning bir qismini sotishdan olinadigan mablag’lar

  • davlat qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan mablag’lar

  • aholidan olinadigan tushumlar

Davlat moliya resurslari

  • kengaytirilgan ishlab chiqarish va umumdavlat talablarini ta'minlash uchun mo’ljallangan, davlat, korxona, tashkilot va aholi ixtiyorida mavjud pul mablag’larining jamg’armasi.

  • Moliyaviy resurslarning asosiy manbasi bo’lib, milliy daromad, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar tashkilotlarning foydasi, amortizasion va sug’urta jamg’armalari hisoblanadi.

Korxonalarning moliyaviy resurslari

  • bu xo’jalik sub'yektlar ixtiyoridagi mavjud barcha pul mablag’larning va tushumlarning jamlamasi.

Korxonalar moliyaviy resurslari quyidagilarga sarflanadi:

  • maqsadli belgilangan pul jamg’armalar (mehnatga haq to’lash jamg’armasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, moddiy rag’batlantirish jamg’armasi va boshq.)ni tashkil etishiga

  • davlat byudjeti, bank, ta'minotchi, sug’urta organlari va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishga

  • moliyaviy resurslar xom-ashyo, mahsulot sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishga

  • mehnatga haq to’lashga

Korxonalarning moliyaviy resurslari

  • korxonaning shaxsiy mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi.

  • Foyda korxonadagi moliyaviy resurslarning shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi.

Korxonalarning moliyaviy resurslari quyidagilardan iborat:

  1. korxonalarning daromadi:

  • asosiy faoliyatidan olinadigan foyda;

  • moliyaviy operasiyalardan olinadigan foyda (qimmatli qog’ozlarni sotish);

  • xo’jalik usuli bilan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan foyda.

  1. _pul_jamg’armalari:

  • ustav jamg’armasi;

  • amortizasiya jamg’armasi;

  • ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi;

  • zahira va boshqa jamg’armalar.

v) ^ jalb qilingan mablag ’lar:

Moliyaviy resurslarni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan

iborat:

  • Korxonalarning moliyaviy resurslari shaxsiy mablag’lar, subsidiya va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi.

  • Kelasi xo’jalik yiliga korxonalarning moliyaviy faoliyati o’tgan davrdagi faoliyatning ko’rsatkichlari va natijalari hamda kelgusi davr istiqbollari asosida rejalashtiriladi.

  • Shaxsiy aylanma mablag’larini saqlanishini ta'minlash.

Nazorat savollari

  1. Moliya tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida nimadan iborat?

  2. Moliyaning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  3. Moliya qanday vazifalarni bajaradi?

  4. Moliyaviy tizim nima?

  5. O’zbekiston Respublikasi moliyaviy tizimi qaysi bo’g’inlardan tashkil topgan?

  6. Davlatning moliyaviy faoliyati deganda nimani tushunasiz?

  7. Davlat pul mablag’larini to’plash shakllari.

  8. Davlat pul mablag’larini taqsimlash usullari.

  9. Moliyaviy siyosat tushunchasi nimadan iborat?

  10. Moliyaviy siyosat turlari.

  11. 0’zbekiston Respublikasida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatli davlat organlari.

12.0’zbekiston Respublikasida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari.

  1. Moliyaviy faoliyatning huquqiy shakllari.

  2. Moliyaviy huquqiy aktlar va ularning turlari.

  3. Moliyaviy faoliyatning ijtimoiy yo’naltirilganligi tamoyili.

  4. Moliyaviy faoliyat sohasida funksiyalarning taq-simlanishi tamoyili.

  1. MAVZU. DAVLAT VA MAHALLIY MOLIYA

Reja

  1. Byudjet va byudjet tizimi

  2. Byudjet jarayoni

  3. Byudjetlararo munosabatlar

  4. O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosi.

  5. Davlat krediti.

  6. Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari

Tayanch iboralar

Byudjet daromadlari, byudjet dotasiyalari, byudjet yili, byudjet jarayoni, byudjet profisiti, byudjet subvensiyalari, byudjet ssudalari, byudjet tashkiloti, byudjet taqchilligi, byudjet tizimi, byudjet transfertlari, byudjet tuzilishi, byudjet xarajatlari, byudjetdan mablag’ ajratish, byudjetdan moliyalashtirish, byudjetdan tashqari jamg’armalar, byudjetni tartibga solish, davlat byudjeti, davlat zayomlari, davlat maqsadli jamg’armalari, kapital qo’yilma, mahalliy byudjet, moliya yili, respublika byudjeti, xarajatlar smetasi, g’aznachilik

  1. Byudjet va byudjet tizimi Davlat byudjeti - davlatning qonunchilik doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini davlatning qo’lida to’planishini ta'minlovchi pul munosabatlaridir.

Davlat byudjeti - davlatning asosiy pul jamg’armasi, davlatning asosiy moliyaviy rejasi, byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ro’yxatini aks ettiruvchi hujjatdir.

Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.1


SOLIQLAR

BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLAR SOLIQSIZ DAROMADLAR





DAVLAT YURIDIK SHAXSLAR

DAVLAT BYUDJETI JISMONIY SHAXSLAR



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling