Тамойиллари минтака иктисодиётини тартибга солиш мох,ияти, тамойиллари ва
Download 0.69 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- _pul_jamg’armalari
- v) ^ jalb qilingan mablag ’lar
- SOLIQLAR BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLAR SOLIQSIZ DAROMADLAR
- DAVLAT YURIDIK SHAXSLAR DAVLAT BYUDJETI JISMONIY SHAXSLAR
Davlat moliyasi Sug’urta Xo’jalik sub’ektlari moliyasi Mulkni sug’urtalash Davlat byudjeti Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar ) Davlat krediti Ijtimoiy sug’urta Shaxsiy sug’urta Javobgarlikni sug’urtalash Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi Notijorat asosida faoliyat yurutuvchi korxonalar moliyasi
Jamoat birlashmalari moliyasi Tadbirkorlik risklarini sug’urtalash Davlat korxonalarining moliyasi - J Sug’urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bo’lsa, sug’urta esa faqat qayta taqsimlash munosabatlarini qamrab oladi. Davlat krediti - bu shunday pul munosabatlar tartibiki, unda davlat qarz oluvchi bo’lib, qarz beruvchi sifatida esa yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashadilar. Davlat krediti byudjet kamomadini qoplashga, ssuda kapitali bozorini tenglashtirishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish manbalarini vujudga keltirishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishga sarf etiladi. Davlat moliyasi
Moliyaviy resurslar va ularning shakllanish manbalari Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy r esurslar shakllanadi, davlat va xo’jalik sub'yektlari tomonidan jamlanadi. Milliy daromad umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan moliyaviy resurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida pul mablag’larning markazlashgan jamg’armalari tashkil qiladi. Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi markazlashmagan resurslar tashkil qilinadi. Qoidaga binoan, moliyaviy resurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p, chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari moliyaviy resurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi. Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan tashkil topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy resurslarning ikkinchi zaruriy manbasi deb hisoblanadi. Markazlashgan moliyaviy resurslar -bu soliqli va soliqsiz to’lovlar va ajratmalar orqali sof daromadning qayta taqsimlash natijasi. Markazlashgan moliyaviy resurslarning manbalari: davlat ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va shaxsiy sug’urtalarga qilinadigan ajratmalar byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan ajratmalar xo’jalik aylanmasiga jalb etiladigan milliy boyliklarning bir qismini sotishdan olinadigan mablag’lar davlat qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan mablag’lar aholidan olinadigan tushumlar Davlat moliya resurslari kengaytirilgan ishlab chiqarish va umumdavlat talablarini ta'minlash uchun mo’ljallangan, davlat, korxona, tashkilot va aholi ixtiyorida mavjud pul mablag’larining jamg’armasi. Moliyaviy resurslarning asosiy manbasi bo’lib, milliy daromad, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar tashkilotlarning foydasi, amortizasion va sug’urta jamg’armalari hisoblanadi. Korxonalarning moliyaviy resurslari bu xo’jalik sub'yektlar ixtiyoridagi mavjud barcha pul mablag’larning va tushumlarning jamlamasi. Korxonalar moliyaviy resurslari quyidagilarga sarflanadi: maqsadli belgilangan pul jamg’armalar (mehnatga haq to’lash jamg’armasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, moddiy rag’batlantirish jamg’armasi va boshq.)ni tashkil etishiga davlat byudjeti, bank, ta'minotchi, sug’urta organlari va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishga moliyaviy resurslar xom-ashyo, mahsulot sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishga mehnatga haq to’lashga Korxonalarning moliyaviy resurslari korxonaning shaxsiy mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi. Foyda korxonadagi moliyaviy resurslarning shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi. Korxonalarning moliyaviy resurslari quyidagilardan iborat: korxonalarning daromadi: asosiy faoliyatidan olinadigan foyda; moliyaviy operasiyalardan olinadigan foyda (qimmatli qog’ozlarni sotish); xo’jalik usuli bilan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan foyda. _pul_jamg’armalari: ustav jamg’armasi; amortizasiya jamg’armasi; ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi; zahira va boshqa jamg’armalar. v) ^ jalb qilingan mablag ’lar: byudjet subsidiyasi; bank va tashkilotlarning kreditlari; boshlang’ich ulushlarga jalb qilingan moliyaviy resurslar va kreditorlik qarzlari. Moliyaviy resurslarni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Korxonalarning moliyaviy resurslari shaxsiy mablag’lar, subsidiya va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi. Kelasi xo’jalik yiliga korxonalarning moliyaviy faoliyati o’tgan davrdagi faoliyatning ko’rsatkichlari va natijalari hamda kelgusi davr istiqbollari asosida rejalashtiriladi. Shaxsiy aylanma mablag’larini saqlanishini ta'minlash. Nazorat savollari Moliya tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida nimadan iborat? Moliyaning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Moliya qanday vazifalarni bajaradi? Moliyaviy tizim nima? O’zbekiston Respublikasi moliyaviy tizimi qaysi bo’g’inlardan tashkil topgan? Davlatning moliyaviy faoliyati deganda nimani tushunasiz? Davlat pul mablag’larini to’plash shakllari. Davlat pul mablag’larini taqsimlash usullari. Moliyaviy siyosat tushunchasi nimadan iborat? Moliyaviy siyosat turlari. 0’zbekiston Respublikasida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatli davlat organlari. 12.0’zbekiston Respublikasida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari. Moliyaviy faoliyatning huquqiy shakllari. Moliyaviy huquqiy aktlar va ularning turlari. Moliyaviy faoliyatning ijtimoiy yo’naltirilganligi tamoyili. Moliyaviy faoliyat sohasida funksiyalarning taq-simlanishi tamoyili. MAVZU. DAVLAT VA MAHALLIY MOLIYA Reja Byudjet va byudjet tizimi Byudjet jarayoni Byudjetlararo munosabatlar O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosi. Davlat krediti. Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari Tayanch iboralar Byudjet daromadlari, byudjet dotasiyalari, byudjet yili, byudjet jarayoni, byudjet profisiti, byudjet subvensiyalari, byudjet ssudalari, byudjet tashkiloti, byudjet taqchilligi, byudjet tizimi, byudjet transfertlari, byudjet tuzilishi, byudjet xarajatlari, byudjetdan mablag’ ajratish, byudjetdan moliyalashtirish, byudjetdan tashqari jamg’armalar, byudjetni tartibga solish, davlat byudjeti, davlat zayomlari, davlat maqsadli jamg’armalari, kapital qo’yilma, mahalliy byudjet, moliya yili, respublika byudjeti, xarajatlar smetasi, g’aznachilik Byudjet va byudjet tizimi Davlat byudjeti - davlatning qonunchilik doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini davlatning qo’lida to’planishini ta'minlovchi pul munosabatlaridir. Davlat byudjeti - davlatning asosiy pul jamg’armasi, davlatning asosiy moliyaviy rejasi, byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ro’yxatini aks ettiruvchi hujjatdir. Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.1 SOLIQLAR BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLAR SOLIQSIZ DAROMADLAR DAVLAT YURIDIK SHAXSLAR DAVLAT BYUDJETI JISMONIY SHAXSLAR Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling