Тамойиллари минтака иктисодиётини тартибга солиш мох,ияти, тамойиллари ва
byudjetnomani ko'rib chiqish va byudjet loyihasini tasdiqlash
Download 0.69 Mb.
|
byudjetnomani ko'rib chiqish va byudjet loyihasini tasdiqlash: makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, davlat byudjeti parametrlari davlat byudjeti ijrosi: davlat byudjeti, davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg'armalar ishtirokchilar: moliya vazirligi, g'aznachilik, Markaziy Bank, DSQ, DBQ, byudjetdan mablag' oluvchilar davlat byudjeti ijrosi ustidan nazorat: byudjetdan mablag' oluvchilar shartnomalari, byudjet daromadlari va xarajatlari byudjet talabnomasini tuzish: byudjet so'rovnomasi, byudjet talabnomalari ishtirokchilar: moliya vazirligi, iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi ishtirokchilar: Parlament byudjet jarayonining 1 bosqichi ishtirokchilarini jalb etgan holda, O'zbekiston Respublikasi prezidenti ishtirokchilar: byudjetdan mablag' oluvchilar, g'aznachilik, MB, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, Parlament Byudjetlararo munosabatlar Davlat byudjeti respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli j amg’ armalari j amlanadi O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti iL ■ M Toshkent shahri byudjeti Г j !■ A II^ V shahar byudjeti .
Qoraqalpog'iston Respublika byudjeti
T" viloyat byudjeti O'zR moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi byudjeti davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari w respublikaga bo'ysunuvchi tumanlar byudjetlari ■■ viloyatga bo'ysunuvchi shahar byudjeti Toshkent shahri tumanlari byudjetlari (11 ta) Ish bilan taminlashga ko'mak- lashish respublika jamg'armasi byudjeti viloyatga I bo'ysunuvchi tumanlar byudjetlari respublikaga В bo'ysunuvchi shaharlar byudjetlari W O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti tarkibi II 11“ iii O'zR davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasming maxsus hisobvarag'i byudjeti O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi respublika yo'l jamg'armasi byudjeti w Byudjetlar o’rtasida xarajatlarni amalga oshirish vakolatlarida cheklovlar Respublika byudjeti sud va prokuratura organlari faoliyati milliy xavfsizlik O'zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va missiyalari yer tuzish, meliorasiya, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash gidrometeorologiya, do'lga qarshi kurash chora-tadbirlari O’tkazib beriladigan daromadlar - quyi byudjetning yetishmayotgan daromadlar qismini qoplash maqsadida tegishli hududlarda shakllanayotgan, lekin yuqori byudjetga o’tkazilayotgan daromadlar hisobiga yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratilayotgan mablag’lar. Byudjet ssudalari ajratish - yuqori byudjetdan quyi byudjetga barcha byudjet manbalarini maksimal ravishda jalb etilishi kechiktirib bo’lmaydigan birinchi navbatdagi tadbirlarni moliyalashtirishni to’liq taminlamaslik sharti bilan beriladi, masalan, daromadlar tushumi va xarajatlarni amalga oshirish orasidagi kassa uzilishlarida beriladigan ssudalar. Ssudalar byudjet yilining 9 kalendar oyi muddatiga berilishi mumkin. O’zaro hisob-kitoblar - qonunchilikka binoan alohida byudjetlarning parametrlariga o’zgartirishlar kiritilganda yoki mamuriy-hududiy bo’linishlarni, tashkilotlarning bo’ysinishi o’zgarganda byudjet ijrosi jarayonida yuqori va quyi byudjetlar o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar. O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosi Jahon amaliyotida byudjet ijrosining g’aznachilik, bank va aralash tizimlari malum. Byudjet ijrosini tashkil etishning g’aznachilik tizimi sharoitida hisobvaraqlar va byudjet mablag’larini boshqarish maxsus moliya organi - G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi. G’aznachilik byudjet mablag’larining barcha tasarrufchilari va oluvchilari uchun kassir hisoblanadi hamda byudjet tashkilotlarining nomidan va topshirig’iga binoan to’lovlarni amalga oshiradi. Bank tizimida byudjetni tashkil etish va ijro etish funksiyasini Markaziy bank bajaradi (tijorat banklari qatnashuvchi variant ham mavjud). Aralash tizimda byudjet hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish ham G’aznachilik, ham Markaziy Bank tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritishdan, shuningdek davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to’lashdan iborat. G’aznachilik tizimiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy elementlari: Huquqiy-meyoriy baza yaratish; G’aznachilikning moddiy-texnik bazasini yaratish; G’aznachilik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash; G’aznachilikning axborot tizimini yaratish. G’aznachilik tizimini joriy etilishining ijobiy natijalari pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish. dastlabki nazorat qilish. joriy nazorat qilish. kassa ijrosining kunlik monitoringini o’tkazish Davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish. qisqa fursatda davlatning moliyaviy resurslari real hajmini aniqlash. vaqtinchalik harakatda bo’lmagan byudjetning erkin mablag’larini moliya bozorlarida samarali joylashtirib, undan olingan daromadni esa byudjet xarajatlarini to’liq moliyalashtirishga, byudjet taqchilligini kamaytirishga va davlat qarzlari to’loviga yo’naltirish. G’aznachilikning asosiy elementlari: Yagona g’azna hisobvarag’i G’aznachilikning Bosh kitobi G’aznachilikning axborot tizimi Davlat krediti O’zbekistonda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanilishi mumkin: 0 davlat qimmatli qog’ozlari: qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan); 0 kreditlar (qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli); 0 O’zbekiston Respublikasining kafolatlari (ssuda oluvchi tomonidan zayomlarni qaytarmaslik holati vujudga kelganda to’lab berish kafolati majburiyatlari); 0 byudjet daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar (byudjet ijrosidagi kassa uzilishlari: daromadlar hali kelib tushmadi, xarajatlarni esa hozir amalga oshirish kerak). O’zbekistonning moliya bozorida quyidagi turdagi davlat qimmatli qog’ozlari muomilada: Davlat qisqa muddatli obligasiyalari Davlat o’rta muddatli g’aznachilik majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligasiyalari O’zbekistonda davlat qarzini pay do bo’lishi va o’sishiga olib keluvchi holatlar, Hukumat - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organlar tomondan amalga oshiriladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling