Tamom bo‘lgan jinoyat


Download 41.95 Kb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi41.95 Kb.
#1607813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddin

birinchidan, qonunda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchiga jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlikdan ozod etish uchun muayyan shartlar nazarda tutilgan.
ikkinchidan, qonunda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar doirasi chegaralangan, ya’ni faqatgina dalolat-chi, tashkilotchi va yordamchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
uchinchidan, ular tomonidan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralar ko‘rilgan bo‘lishi zarur.

Xulosa
Men mustaqil ishimni xulosa qilar ekanman, yuqoridagilar bilan birga quyidagilarni ham bilib oldim. Jinoyat tushunchasi jinoyat huquqi fanining predmetini tashkil etuvchi toifalardan biri hisoblanadi.


Jinoyat huquqida boshqa huquq tarmoqlari uchun baza hisoblangan “jinoyat” tushunchasining mohiyati ochib berilgan.
Jinoyat huquqining asosiy vazifasi shaxs va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarning ijtimoiy xavfli ekanligi va ularning jinoyat huquqiy tartibga solinishi kerakligini belgilashdan iboratdir.
“Jinoyat” tushunchasiga jinoyat-huquqiy ta’rif birinchi bor 1791 yilda qabul qilingan Fransiya Jinoyat kodeksida berilgan bo‘lib, ushbu ta’rif formal tusga ega edi. Unda jinoyatga: “Jinoyat - bu amaldagi jinoyat qonuni bilan jazolanadigan qilmishdir”,-deya ta’rif berilgan edi.
Jinoyat – bu ijtimoiy va huquqiy hodisa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2-moddasida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida jinoyat tushunchasini belgilab qo‘ygan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat tushunchasi aniq belgilangan bo‘lib, 14-moddaning 1-qismiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash taqdidi bilan jinoyat deb topiladi. Jinoyat – shaxsning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ma’lum bir shakldagi xatti-harakati hisoblanadi.
Jinoyat tushunchasi harakat yoki harakatsizlik shaklidagi shaxsning xulq-atvori (xatti-harakati, faoliyati)ni ifodalaydi. Shu bilan birga, jinoyat qonunida ruhiy jarayonlar, o‘ylar, fikriy xulosalar qanchalik zarar keltiruvchi bo‘lishiga qaramay jinoyat hisoblanmasligi belgilab qo‘yilgan.
Jinoyatga moddiy tushuncha berish g‘oyat muhim bo‘lib, bu nafaqat jinoyat huquqining o‘ziga, balki jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminalistika, kriminologiya va boshqa huquqiy fanlar uchun ham zarurdir.
Shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavfli bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy xavflilik – bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlar (obyektlar)ga zarar yetkazilishi yoki shunday zarar yetkazish xavfi hisoblanadi.
Demak, shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish jinoyat deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavflilik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, bunday qilmish quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. harakat – bu faol xulq-atvor bo‘lib, nafaqat shaxs tana a’zolarining (jismoniy) harakatida ifodalanadi, u aytilgan so‘zlar, ruhiy, tahdidlar (qo‘rqitishlar)da ham namoyon bo‘lishi mumkin.
2. harakatsizlik – passiv xulq-atvor bo‘lib, bajarilishi shart yoki mumkin bo‘lgan majburiyatni bajarishning real imkoni bo‘la turib bajarmaslikda ifodalanadi.
3. aralash jinoyatlar – bu shunday jinoyatlarki, ular obyektiv tomondan harakat va harakatsizlik yig‘indisidan iborat bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, harakat va harakatsizliklar natijasi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar ko‘pincha ma’lum bir qoidani buzish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksi 204-, 260-, 266- moddalarida javobgarlik belgilangan qilmishlar.
Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlar bir yoki bir necha harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlarda harakatning boshlanishi va tugallanishi boshqa jinoyat-huquqiy xodisalarni – jinoyatdan ixtiyoriy qaytish, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ishtirokchilik kabilarni belgilab berishi ham mumkin.
Masalan, ishtirokchilikda amalga oshirilayotgan harakatlarda jinoyat tashkilotchi, dalolatchi harakatlari bilan boshlansa, bajaruvchi harakti bilan tugallanadi.
Bundan tashqari, “jinoiy harakat” jinoyat huquqida takroran sodir etilgan jinoyatlar, uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlarni aniklashga yordam beradi. Shuningdek,, harakat tushunchasi orqali jinoyat sodir etish bosqichlari, tamom bo‘lmagan jinoyatlarni ham aniqlash mumkin.
Harakatsizlik esa harakatdan tashqi jihatdan ifodalanish xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Harakatsizlik ma’lum bir harakatdan saqlanish yoki obyektiv jihatdan bajarilishi zarur va yuridik tomondan bajarilishi majburiy bo‘lgan bir necha harakatlarni bajarmaslikda ifodalanadi. Masalan, xokimiyat harakatsizligi (Jinoyat kodeksi 208- moddasi).
Jinoiy harakatsizlik uchun shaxsni javobgarlikka tortishda jinoiy xulq-atvorning xsusuiyati va tarkibi bilan birga quyidagi uch holatdan kelib chiqib harakatsizlik chegarasini ham belgilash kerak:
a) Shaxsning ma’lum bir harakatni bajarishga majburiyligi;
b) Ma’lum bir sharoitda bunday majburiyatlarni bajarish imkoniyatining mavjudligi va bunday imkoniyatlarning obyektiv realligi;
c) Shaxs tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlarning bajarilmasligi. [34]
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoiy harakatsizlikning ikki shakli haqida so‘z yuritiladi:
1. “Sof” harakatsizlik;
2. “Aralash”harakatsizlik. [35]
Sof harakatsizlik – qonunda jinoyat deb belgilangan harakatlarni bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bunda kelib chiqqan oqibatdan qat’i nazar harakatni bajarmaganlik faktining o‘zi aybdor shaxsni javobgarlikka tortish uchun yetarli hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 221-, 232-, 279- moddalarida qonunda belgilangan oqibat kelib chiqqan hollardagina jinoyat deb hisoblanadigan harakatsizlik uchun javobgarlik belgilangan.
Aralash harakatsizlikda subyektning texnik yoki ijtimoiy jarayonlarga ta’sir qilmasligi tufayli ularga zarar yetkazilishi yoki zarar yetkazilish xavfini vujudga kelishiga yo‘l qo‘yib beradi. Aralash harakatsizlikning mohiyati shaxsning bartaraf etishi kerak ijtimoiy xavfli oqibatni bartaraf qilmasligida ifodalanadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 260, 266, 268, 269- moddalari.
Harakatsizlikning “sof” va “aralash” shakllari haqidagi olimlarning fikrlari harakatsizlikni shakllarga bo‘lish mezoni sifatida harakatsizlikning xususiyatini emas, balki jinoiy oqibatlarning qonunda ifodalash usuliga asoslangan. [36]
Jinoyat belgilari
Jinoyat – huquqiy xodisa sifatida o‘ziga xos jihatlarni ifodalovchi ma’lum bir belgilarga egadir. Har qanday ijtimoiy xavfli qilmish ham jinoyat hisoblanmaydi, qilmishning jinoyat deb hisoblanishi uchun unda jinoyat qonunida o‘rnatilgan belgilar va jinoyat tarkibi mavjud bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarini mustahkamlovchi maxsus modda mavjud emas. Shu sababdan jinoyat belgilari jinoyat qonunida jinoyatga berilgan ta’rif asosida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 1-qismida jinoyatga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.”
Jinoyat qonunida berilgan jinoyat tushunchasi uchta jinoyat-huquqiy institutdan iborat:
jinoyat qonuni;
• jinoyat;
• jazo institutlari.
Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, faqat ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqargan qilmishlargina jinoyat hisoblanmay, balki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga real zarar yetkazish xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlar ham jinoyat hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 2-qismida “Ushbu kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoliy xavfli qilmish hisoblanadi”,-deyilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqib, qilmishda jinoyatning barcha belgilari bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi. Agar muayyan zararli oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi bo‘lmasa, bunday qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Jinoyat huquqida bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb aytiladi.
Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun barcha jinoyatlar uchun zarur bo‘lgan jinoyatning belgilari, shuningdek,, shu jinoyatda aybning mavjud ekanligi va aybning shakllari ishlab chiqilgan, ana shu belgilar va aybning biror shakli mavjud bo‘lsagina qilmish jinoyat hisoblanadi.
Yuqorida jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
2) qilmishning huquqqa xilofliligi;
3) qilmishda aybning mavjudligi;
4) qilmishning jazoga sazovorligi.
Birinchi navbatda qonunda jinoyatning belgisi sifatida “qilmishning ijtimoiy xavfliligi”ni belgilab qo‘yilgan.

Foydalanilgan adabiytotlar


1 www. Lex.uz
2 Jinoyat kodeksi
3 Rustambobayev, Jinoyat huquqi darslik
Download 41.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling