Tamom bo‘lgan jinoyat


Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish


Download 41.95 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi41.95 Kb.
#1607813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddin

2. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1-qismida jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish tushunchasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: “Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir etish uchun shart-sharoitning yaratilishi jinoyat tarkibi obyektiv tomoni amalga oshirilgunga qadar shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatning uzilib qolishidir. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish subyektiv tomondan faqat to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish orqali shaxs o‘z harakatining ijtimoiy xavfliligini, bu harakatlari orqali o‘ziga jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratayotganligini anglaydi. Suiqasddan farqli ravishda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatil-gan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish ushbu bosqichda hali boshlanmagan bo‘ladi. Jinoyatga tayyorgarlik bosqichining quyidagi obyektiv belgilari mavjud: 1) qilmishning bevosita jinoyat sodir etish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan bo‘lishi; 2) jinoyatni yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi faoliyatning mavjud bo‘lishi; 3) shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyat sodir etishning jinoyatning boshlanguniga qadar to‘xtatilishi. Jinoyat sodir etish uchun shart-sharoit yaratish deganda, jinoyat quroli yoki vositalarini izlash, tayyorlash, jinoyat sodir etish vaqti va sharoitini aniqlash, jinoyat sodir etishga halaqit berishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish, sheriklarni yollash, jinoiy guruh tuzish va jinoyat sodir etishga qaratilgan boshqa harakatlar tushuniladi. Tayyorgarlik jarayonini batafsil bayon qilish ancha qiyin, shu sababli qonun chiqaruvchi jinoyatni sodir etish uchun ko‘riladigan tayyorgarlikning barcha turlarini “shart-sharoit yaratish” tushuncha-siga kiritadi. Tayyorgarlikning dastlabki ikkita obyektiv belgisi muqobil ahamiyatga ega. Tayyorgarlik kelgusida jinoyat sodir etish uchun shart-sharoit yaratishga, shuningdek, bundan keyin jinoyatni yashirishga yoki ayni bir vaqtning o‘zida unisiga ham, bunisiga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish qonun bilan qo‘riqlanadigan biror obyektga bevosita xavf tug‘dirmaydi va shu belgisi bilan u jinoyatga suiqasd qilishdan farq qiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyatni sodir etishni osonlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan faol harakatlardan iboratdir. Jinoyat sodir etish uchun amalga oshiriladigan harakatlar ikki xil bo‘ladi: biri jinoyat tarkibining elementi bo‘lsa, ikkinchisi jinoyat sodir etilishini ta’minlovchi aktdir. Bu ikki hara-katning mavjudligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Bu harakatlar jinoyat sodir etishga yoki jinoyatni yashirishga yordam beruvchi harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida tayyorgarlik faqat aniq bir jinoyat sodir etish uchun tayyorgarlik ko‘rilgandagina mavjud bo‘ladi. Bunda sub’yekt jinoyatni oxiriga yetkazishiga ishonadi. Agar shaxs har ehtimolga qarshi, masalan, biron-bir qilmishni amalga oshirish quroli yoki vositasini tayyorlashi yoki olishi jinoyat sodir etish bosqichi sifatida baholanmaydi. Ba’zi hollarda shaxsning bunday harakati mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. Masalan, qasddan odam o‘ldirish maqsadida o‘qotar quroldan foydalanish uchun unga qonun-ga xilof tarzda egalik qilsa, aybdor Jinoyat kodeksi 247-moddasidagi alohida jinoyat tarkibi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoyat quroli deganda amaliyotda ham, nazariyada ham be-vosita uning yordamida jinoyat sodir etiladigan, ya’ni jinoyat obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman amalga oshiruvchi predmet tushuniladi. Bunga o‘qotar qurollar, pichoq, qilich, nayza misol bo‘la oladi.

Download 41.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling