Tamom bo‘lmagan jinoyatlar


Download 0.96 Mb.
Sana21.07.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1661432
Bog'liq
TAMOM BO`LMAGAN JINOYAT

TAMOM BO‘LMAGAN JINOYATLAR

Jinoyat sodir etish bosqichlari – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazish yoki zarar yetkazishning real xavfini keltirib chiqaruvchi qilmishni sodir etishning muayyan ketma-ketligi, davri hisoblanadi

Jinoyat sodir etish bosqichlari quyidagilardan iborat jinoiy qasdning shakllanishi, jinoiy qasdning namoyon bo’lishi, jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish; jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va tamom bo’lgan jinoyat

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25-modda 1-qismiga ko‘ra, shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart_x0002_sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi

Jinoyatni sodir etish uchun sharoit yaratish deganda jinoiy reja tuzish, jinoyat quroli, vositasini tayyorlash, moslashtirish, izlash, jinoyat ishtirokchilarini izlash, ular bilan til biriktirish, jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va boshqalar kiradi.

Jinoyat kodeksi 25-moddasiga muvofiq, qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi

Suiqasd – bu jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan hamda shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan qasddan sodir etilgan harakat (harakatsizlik)dir

To‘g‘ri qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog’liq bo‘lmagan holatlarga ko’ra ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik to’liq amalga oshirilmagan yoki shaxs istagan jinoiy oqibat kelib chiqmagan bo’lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish deb topiladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalarida faqat tamom bo‘lgan jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, JK 25-moddasi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan “maxsus norma” hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 26-moddasiga muvofiq shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.

Ixtiyoriy qaytishning birinchi turi shaxsning passiv xulq atvorida namoyon bo‘ladi: jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish bosqichida jinoiy faoliyatning to‘xtatilishi; ikkinchisi – shaxs tomonidan jinoyatning obyektiv tomoniga kiradigan barcha harakatlar sodir etilganidan keyin jinoiy oqibat yuz berishini oldini olish hisoblanadi.

E`tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling