“Tamoyil” (lot. “oqhmbhohtl” – boshlang‘ich)
Pedagogik faoliyatni tashxislashning metodik jihatlari
Download 1.96 Mb.
|
2-mavzuг
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashxis materiallari quyidagilarga ajratiladi
- Muayyan shartlarni inobatga olinishi o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash, baholashga qaratilgan pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Ular
Pedagogik faoliyatni tashxislashning metodik jihatlari.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatini tashxislashda quyidagi metod, vosita va jihozlaridan foydalanilmoqda: darsni kuzatish; portfolio; ta’lim oluvchilarning yutuqlari; testlar; anketalar. O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash quyidagilar asosida amalga oshiriladi: pedagogning kasbiy faoliyatda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi portfolio (malaka oshirish kurslarida tahsil olganlik, turli ko‘rik va tanlovlarda ishtirok etganlikka oid ma’lumotlar asosida); o‘quvchilarning tegishli fan bo‘yicha erishgan natijaviy (fan olimpiadalari, o‘zlashtirish) ko‘rsatkichlari; attestatsion diagnostika natijalari (bosma hamda elektron shakllarda o‘quv materiallarini tayyorlash, o‘quvchilarni fan olimpiadalari, turli tanlovlarga tayyorlash, OAVda ish tajribasini ommalashtirish va boshqalar asosida). Pedagogik tashxislash jarayonida foydalaniladigan axborotli-didaktik ta’minot tashkiliy, tahliliy, nazorat qiluvchi, korrektsion, kommunikativ, refleksiv va bashoratlovchi vazifalarni bajaradi. Tashxislash jarayonida foydalaniladigan axborotli-didaktik ta’minot sirasiga: o‘quv-metodik materiallar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ta’limiy dasturlar, masalalar to‘plami, ma’lumotnoma xarakteridagi adabiyotlar, turli lug‘atlar, audio va video materiallar va boshqalar); kompьyuter ishlanmalari (alohida kompyuьter dasturlari, ma’lumotlar bazasi, elektron darsliklar, yaxlit kompyuьter kurslari, dasturiy-metodik majmualar va hokazolar); tashxislovchi metod va vositalar; didaktik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish imkonini beruvchi tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar kiradi Tashxis materiallari quyidagilarga ajratiladi: 1) yechimini bir yoki ikki harakat (urinish) bilan topish mumkin bo‘lgan oddiy nazorat topshiriqlari (shu jumladan murakkab bo‘lmagan testlar); 2) doimiy, shuningdek, nostandart vaziyatlarda ko‘p martalik harakat (urinish)ni talab etuvchi majmuaviy nazorat topshiriqlari Muayyan shartlarni inobatga olinishi o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash, baholashga qaratilgan pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Ular: tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini oqilona tashkil etish; o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash va baholashning metodik ta’minotini yaratish; yaratilgan metodik ta’minot asosida o‘quvchilarning tegishli bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy-axloqiy sifatlariga egaligini tashxislash va baholash; olingan natijalarga ko‘ra metodik ta’minotning amaliyotga mosligini tahliliy o‘rganish; pedagogik amaliyotning mavjud holatidan kelib chiqqan holda metodik ta’minotni innovatsion xarakterdagi nazariy material, vosita va texnologiyalar bilan boyitish. Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik voqelikni diagnostik tadqiq qilishda ustuvor tamoyillari, pedagogik tashxislash darajalari hamda bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lishi tegishli jarayonni samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Pedagogik faoliyatni tashxislash nafaqat o‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligi, shu bilan birga uning pedagogik faoliyatni tashxislashning metodik jihatlaridan xabardorli hamda pedagogik diagnostikani metodik jihatdan to‘g‘ri, oqilona tashkil etishga tayyorligi to‘g‘risi bir to‘xtamga kelishga yordam beradi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling