Tana haroratini o'lchash texnikasi
Download 19.83 Kb.
|
Tana haroratini o\'lchash texnikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash
- Haroratni og‘izda o‘lchash
- Haroratni quloqda o‘lchash
Tana haroratini o'lchash texnikasiHaroratning oshishi — bu kasallikning muhim belgisi bo‘lib, organizmning qayeridadir yallig‘lanish boshlanganidan darak beradi. Shuning uchun, haroratingiz qancha ekanligini bilish juda muhim. Haroratni qayerda va qanday o‘lchash mumkin?Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi: Rektal — yo‘g‘on ichakda. Oral — og‘iz ichida. Qo‘ltiq ostida. Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi. Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi. Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud. Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing. Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin. Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashKo‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak: Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting. O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing. Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim. Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing. Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak bo‘ladi. Haroratni og‘izda o‘lchashBunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi. Termometrni yuving. Datchik yoki simobli moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak. Haroratni quloqda o‘lchashBuning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin. Download 19.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling