Tananing termal xom kasalligini ta'minlaydigan fiziologik mexanizmlar (uning "yadlei") ikkita funktsional guruhlarga bo'linadi: kimyoviy va jismoniy tererdorlik mexanizmlari


Download 296.5 Kb.
bet5/6
Sana25.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1118534
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tana xaroratini boshqarilishi.

qismlarining harorati (0S)
Tana haroratining sutka davomida yil fasllariga qarab o'zgarib turishi kuzatilgan.
Odamning tana harorati 0,5°-1° S darajasida sutka davomida o'zgarib turishi mumkin.
Eng past tana harorati taxminan ergalab soat 4 da, eng yuqori harorat soat 16-18 da kuzatiladi.
Shunday qilib gomoyoterm organizmlar tana haroratining doimiyligini saqlash uchun kimyoviy va fizikaviy termoregulyasiyani boshqaruvchi maxsus mexanizmdan foydalanadi. Termoregulyasiya tizimini ishlashi qaysidir bir haroratning doimiyligini saqlashga qaratilgan bo'lmasdan tananing turli qismmlaridan kelayotgan termik stimullarni yig'ish asosida organizmning umumiy temperaturaviy gomeostazini ta'min etadi.
Termik signallar termoreseptorlarda hosil bo'ladi. Termoreseptorlarning ikki xili muvjud. Birinchisi tana «po'stlog'ida» joylashgan bo'lib: terida va teri osti to'qimalarida (teri va teri osti qon tomirlari) periferik (chekka) reseptorlar, ikkinchisi markaziy nerv tizimining turli bo'limlarida joylashgan neyronlar. Ular gipotalamusda nisbatan ko'p uchraydilar (markaziy termoreseptorlar).
Yuqori sutemizuvchilar va odamlarda boshqa ta'sirlarga nisbatan haroratga sezgir xususiy termoreseptorlarning mavjudligi isbotlangan. Termoreseptorlarning ikki turi mavjud: sovuqni sezuvchi va issiqni sezuvchi. Ikkala tur termoreseptorlar ham doimiy faollikga ega bo'lib, ularning impulslari soni temperaturaga bog'liq. Haroratning o'zgarishi impulslarning o'rtacha sonini o'zgartiradi. Sovuqni sezuvchi termoreseptorlarning maksimal faolligi 20-33° S (o'rtacha 26° S), issiqni sezuvchilar uchun esa 40-46° S (o'rtacha 43° S)da eng ko'p impulslar hosil qiladi.



Teri harorati S0



Sovuqni sezuvchi (a) va issiqni sezuvchi (b) reseptorlarni statik


tavsifnomasi.

Agar o'rtacha haroratdan asta-sekinlik bilan haroratni u yoki bu tomonga o'zgartirilsa, sovuqni va issiqni sezuvchi termoreseptorlarning maksimal faolligi pasayadi.


Termoreseptorlarni farqlash uchun temperaturaviy ta'sir ko'rsatiladi. Sovuqni sezuvchi reseptorlar sovuq ta'siriga impulslarni qisqa vaqt keskin ko'paytirish va issiq ta'siriga qisqa vaqt faollikni to'xtatish bilan javob beradi. Issiqni sezuvchi reseptorlar qarama-qarshi javob beradi, issiq ta'sirga keskin impulslarni ko'paytirish va sovuq ta'siriga faollikni susaytirish bilan javob beradi.
Perifik termoreseptorlarning ko'pchiligini sovuqni sezuvchi termoreseptorlar tashkil qilsa, markaziy termoreseptorlarning ko'pchiligani issiqni sezuvchi. Termoreseptorlarda hosil bo'lgan impulslar tegishli yo'llar orqali bosh miya yarim sharlari po'stlog'i va gipotalamus tuzilmalariga boradi. Periferik termoreseptorlardan signallar oldingi gopotalamusga borib, markaziy etalonlar bilan solishtiriladi. Natijada organizmni «yadro»si va «po'stlog'i» haroratlari solishtirilib gipotalamus tuzilmalari tomonidan kimyoviy va fizikaviy termoregulyasiyani boshqaruvchi axborot tayyorlanadi.
Mo'tadil haroratli muhitda tana haroratining doimiyligini saqlash uchun termoregulyasiyaning maxsus mexanizmlarini ishlatish talab qilinmaydi.
Mo'tadil haroratli muhitdan sovuqroq muhitda sovuqni sezuvchi termoreseptorlarning faolligi ortadi. Hosil bo'lgan impulslar orqa gipotalamus tuzilmalarining tonusini ortiradi, natijada simpatik nerv tizimi ta'siri orqali teri va teri osti qon tomirlari torayadi. «Po'stloq»da qon oqishining kamayishi issiqlikning chiqib ketishini ozaytirib, organizmni sovushdan saqlaydi.
Organizmning isishi periferik sovuq termoreseptorlarning faolligini susaytiradi. Bu o'z navbatida gipotalamus tuzilmalarining simpatik nerv tizimiga ta'sirini susaytiradi. Natijada teri osti qon tomirlari kengayib ulardan qon oqishi ortadi. Bu o'z navbatida teri orqali issiqlikning chiqishini ko'paytirib organizmni isib ketishdan saqlaydi.
Shunday qilib gipotalamusdagi tana haroratini boshqaruvchi markaz termoreseptorlarda hosil bo'layotgan signallarni to'plab, organizmning termik o’xshatiga qarab kimyoviy va fizikaviy termoregulyasiyalarni amalga oshiruvchi jarayonlarni boshqarish orqali gomoyoterm organizmning temperaturaviy gomeostazini ta'minlaydi.
Termoregulasiya refleks yoli bilan boshqariladi. Tashqi muhit haroratining o'zgarishi maxsus, termoretseptorlar orqali qabul qilinadi. Bu termoreseptorlar ko'p miqdorda terida, og'iz bo'shlig'ida, yuqori nafas yo'llarida joylashgan. Ichki a'zolarda ham termoretseptorlarning miqdori juda ko'p: Masalan, me'dada, yurakda, buyrakda, venalarda va markaziy asab tizimining ba'zi bir qismlarida (gipotalamus, talamus, gippokamp va h.k).
Teri yuzasida termoretseptorlar baravar joylashgan emas. Ularning ko'pchiligi odamning bet terisida joylashib, oyoqlarda esa kam miqdorda joylashgan. Sovuqni qabul qiladigan teri retseptorlarining miqdori odamda 250 000 gacha, issiqlik qabul qiladigan retseptorlarning miqdori esa 30 000 ga yaqin.
Teri termoretseptorlari havo haroratining o'zgarishiga juda sezgir bo'lib, ular harorat 0,007°C oshganda va 0,0120C pasayganda qo'zg'aladi. Termoretseptorlar hosil boladigan asab impulslar afferent asab tolalari orqali orqa miyaga boradi. Undan yuqoriga boruvchi yollar orqali talamusga, undan gipotalamus va bosh miya yarim sharlar po’stlog'iga yetib boradi. Natijada issiqlik va sovuqlik hissi paydo bo'ladi.
Orqa miya faqat asab impulslarni termoreseptorlardan bosh miyaga yetkazib beradigan o'tkazuvchan yo’l bo'lib qolmay, balki pastga tushuvchi yollar orqali asab impulslarni bosh miyadan mushaklarga, tomirlarga, ter bezlariga yetkazib beradigan tizim ham bo'lib xizmat qiladi. Biroq, tana haroratini bir darajaga saqlab turish uchun orqa miyadagi termoregulator mexanizmlari kifoya emas.
Gipotalamus - asosiy reflektor markaz hisoblanadi. Termoretseptorlardan keladigan impulslar ta'sirida gipotalamus neyronlari qo'zg'aladi.
Gipotalamusning ichida termoretseptorlar mavjud bo’lib, ular qonning haroratiga qarab qo'zg'aladi (qon haroratining miligraduslar o'zgarganganliga javob beradi).
Gipotalamus shikastlangaiida gomoyoterm hayvonlarning haroratni doimiy bir - xil saqlab turish qobiliyati buziladi ya ular poykiloterm (sovuqqon) hayvonlarga o'xshab qoladi. Zamonaviy ta'limotga ko'ra, gipotalamusning oldingi guruh yadrolari fizik termoregulatsiya uchun javobgarlar (qon tomirlari tonusining o'zgargani va ter ajralishning kuchayishi hisobidan), ya'ni oldingi guruh yadrolari issiqlik ishlab chiqarish markazi hisoblanadi. Ularning shikastlanishi natijasida hayvonlar sovuqqa chidamli bo'ladi, lekin tashqi muhit harorati ko'tarilganda qizib ketadi.
Gipotalamusning orqa bo’limi yadrolari kimyoviy termoregulatsiya uchun boshqaruv markaz hisoblanib, issiqlik hosil bo'lish markazidir. Ular shikastlanganda issiqlikning kompensator mexanizmi buzilgani sababli hayvon sovuqdah o'zini muhofaza qilolmaydi.
Tana haroratining boshqarilishida bosh miya yarim sharlar po'stlog'i juda katta rol o'ynaydi. K.M.Bikov va A.D.Slonim tomonidan termoregulatsiyaning shartli reflektor faoliyati orqali o'zgarishi o'rganib chiqilgan. Ma'lumki, termoregulyasiya markazining efferent asablarini simpatik asab tizimi tashkil qiladi. Agar simpatik asab tizimi faoliyati buzilsa, ya'ni simpatik asab tolalari kesilsa, gipotalamusdagi tepmoregulatsiya markazlarining qitiqlanishi natijasida tana harorati o'zgarmaydi.
Issiqlik almashinuvining boshqarilishida gormonal mexanizmlari ham katta rol o'ynaydi. Jumladan, qalqonsimon bezning gormoni - tiroksin organizmda moddalar almashinuvini kuchaytirib, issiqlik hosil bo’lish
jarayonini oshiradi. Organizm sovuq qotganda tiroksin gormoni qonga ko'proq kiradi.
Buyrak usti bezlarining mag'zida sintez bo’ladigan gormon adrenalin to'qimalarda oksidjanishni kuchaytirib, issiqlik hosil bo'lishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, adrenalin ta'sirida teri tomirlari torayadi, shu sababli issiqlik chiqarishi kamayadi.
Tashqi muhit haroratining pasayishi gipotalamusning refleks yo'li bilan qo'zg'alishining sababchisi bo'ladi chunki uning sekretor funksiyasi oshadi va neyrosekretlar orqaii gipofizga ta'sir yetkazadi. Buning natijasida gipofizdan qonga ko'p miqdorda tireotropin va kortikotropinlar ajralib chiqib, qalqonsimon va buyrak usti bezlarni faollashtiradi. Bu bezlarning gormonlari termoregulatsiyada ishtirok etadi.
Shunday qilib, sovuq sharoitda organizmning muhofaza mexanizmlari ishga solinib, moddalar almashinuvi va issiqlik hosil boiishini kuchaytirib issiqlik ajralib chiqishini kuchaytiradi. Organizmning boshqa funksiyalarining boshqarilishi kabi tana haroratining boshqarilishida ham markaziy asab tizimi (orqa miya, gipotalamus, bosh miya yarim sharlar po'stlog'i neokorteks) albatta ishtirok etadi. Bu hodisani sportchilarning tana haroratining start oldi holatida o'zgarishi ustozimiz A.Yu.Yunusovning barcha ishlari tasdiqlab beradi.
Odam organizmi sovuq va issiq sharoitda o'z faoliyatini saqlab, tana haroratini doim bir darajada ushlab tura oladi. Ammo tashqi muhit haroratining ta'siri uzoq davom etsa, tana harorati pasayib yoki ko'tarilib ketadi. Buning natijasida tana qizib ketadi (gipertermiya) yoki sovib qoladi (gipotermiya).
Tana harorati 35°C dan pastga tushsa gipotermiya holati ro'y beradi. Buholat sovuq suvda tez rivojlanib, sovuq ta'sirida avval simpatik asab
tizimining qo'zg'alish belgilari vujudga keladii va vissiqlik hosil bo'lishi refleks yo'li bilan kuchayadi.
Ma'lumki, sovuqda mushaklarning qisqarishititrash tufayli issiqiik ko'proq hosil bo'ladi. Ma'lum vaqtdan keyin tana harorati pasaya boshlaydi. Gipotermiyada sezuvchanlik yo'qoladi, reflektor reaksiyalar susayadi, asab markazlarining qo'zg'aluvchanligi kamayadi, moddalar almashinuvi darajasi keskin kamayadi, nafas sekinlashadi, yurak urishi siyraklashadi, qonning sistolik hajmi kamayadi, arterial bosim tushadi. Bu hodisalar odamning tana harorati 27-25°C bo'lganda kuzatiladi.
Tanani 24-28°C ga sovitib sun'iy gipotermiya hosil qilish og'ir jarrohlik ishlarda - yurak yoki markaziy asab tizimida jarrohlik operasiyalari o'tkazishda qo'llaniladi. Buning amaliy mohiyati shundan iboratki, gipotermiya bosh miyada moddalar almashinuvini, binobarin, bu a’zoning kislorodga bo'lgan ehtiyojini ham ancha kamaytiradi. Shu sababli miyaning uzoqroq (me'yordagi 3-
5 daqiqa o'rniga 25-26°C da 15-20 daqiqagacha) qonsizlanishiga chidasa bo'ladi, buning ma'nosi shuki, gipotermiyada yurakning urmay turishiga, nafas va qon aylanishining to'xtab turishiga organizm bemalolchidash beradi. Tanani tez isitib, gipotermiya to'xtatiladi.
Tana haroratining 37°S dan oshib ketishi gipertermiya deyiladi. Bu holat issiqlik uzoq vaqt ta'sir qilganda rivojlanadi. Havoning namligi, qalin, havo o'tkazmaydigan kiyim, issiq sharoitda jismoniy mehnat qilish sport bilan shug'ullanish, oqsilga juda boy ovqat iste'mol qilish gipertermiya rivojlanishini tezlashtiradi. Tana harorati 40-41°C ga ko'tarilish oqibatida keskin gipertermiya
-issiq urishi (issiq eltishi) deyiladi.
Gipertermiyadan isitma farq qiladi. Isitma tashqiy harorat o'zgarmaganda issiqlikni idora etadigan mexanizmlar shikastlanishi natijasida yuzaga chiqadi.
Isitma asosan yuqumli kasallik paydo qiluvchi mikroblar zaharining markaziy asab tizimining , limbika gumbaziga (gipotalamus, talamus, gippokamp, amigdala) ta'sir, qilgan vaqtda sodir bo'ladi. (Timofeyev, 1986).
Ma'lumki, tashqi muhitning turli omillari odam organizmiga doimo ta'sir yetkazib turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay ta'siriga (issiq, sovuq, namlik, bosim kabilarga) organizmni chiniqtirish kishining sog'lom bo'lishiga, jismoniy va ruhiy qobiliyatining ortishiga sabab bo'ladi. Sovuq havoga, suvga chiniqtirish turli shamollash kasalliklarning oldini olishga imkon beradi. Odam organizmini chiniqtirishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
Havoda chiniqtirish bahor yoki yoz oylarida uch bosqichda o'tkaziladi, Shuning uchun chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak.Sovuq havo ta'sirida chiniqtirilganda uning harorati dastlab 24-26°C bo'lib, har ikki-uch kunda-1°S ga pasaytirib beriladi va 10-8°C gacha yetkaziladi.
Chiniqtirishning asosiy tomoni shundan iboratki organizmga ta'sir etilayotgan chiniqtiruvchi omil (havo, suv) har kunlik uzluksiz, ravishda takrorlanishi zarur. Shu sababli har, qaysi odamning shaxsiy xususiyatlari, ya'ni yoshi, jinsi, jismoniy funksional holati, salomatligiga e'tibor berish zarur bo'ladi. Eng muhimi shundaki, chiniqtirish jarayonida, har bir kishi o'z-o'zini nazorat qilib turishi kerak. Chiniqayotgan odam muntazam tarzda o'z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va jismoniy qodirligini kuzatib turishi katta ahamiyatga ega, chunki noxush belgilar sezilganda, chiniqish tartibini o'zgartiradi yoki shifokorga murojaat qilishi zarur.

XULOSA





  1. Organizmda uzluksiz ravishda issiqlik ishlab chiqariladi va bu issiqlik to'qimalarga ma'lum harorat baxsh etadi, ammo tanani turli qismlarida hosil bo'ladigan issiqlikning miqdori teng emas.

  2. Organ va to'qimalardagi haroratning bir xil emasligi ulardagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog'liqdir. Jismoniy magshg’ulotlar vaqtida bolalarning tana harorati o’rtacha 1-20S, o’smirlarda esa 1,20S ko’tariladi.

  3. Bolalar va o'smirlardagi o'sish va rivojlanish jarayonlarini jadalligini moddalar va energiya almashinuvi belgilaydi hamda issiqlik ishlab chiqarish darajasi ham muhim hisoblanadi.

  4. Haroratni boshqarishni ta'minlovchi funksiyalar tizim to'la yetilmaganligi tufayli teri tomirlari issiqlik ta'sirida ham sovuq ta'sirida ham kengaydi bu esa har xil kasallikka chalinishi mumkin.

  5. Bolalar va o’smirlarda issiqlik almashinuvining uyg'un emasligi boshqaruv mexanizmlarining maksimal emasligidan hamda tashqi muhit omillariga bog'liq bo'lganligidandir.

  6. Volalar va o’smirlarda haroratning boshqarilish katta yoshidagi odamlardagiga nisbatan sust shuni nazarda tutib ular uchun optimal harorat rejasini ta'minlash shu bilan birga yoshlikdan chiniqtirish zarur. Bola organizmiga sovuq ta'sir qilganda titroqsiz termogeniz faollashadi bu reaksyai bola 9-10 yoshlar bo'lgancha saqlanib qoladi. Kichik yoshdagi bolalarda termoregulyasiyaning uyg'un emasligi boshqaruv mexanizmlarning mukammal emasligi va bu jarayonni tashqi muhit omillariga bog'liqligidir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bolalar va o’smirlarda, haroratni boshqarilish katta yoshdagi odamlardagiga nisbatan sust. Shuni nazarda tutib xonalarda optimal harorat rejimini ta'minlash, shu bilan birga bolani kichikligidan chiniqtirish zarur.

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling