Tanishtirish metodikasi fanining


Download 0.53 Mb.
bet37/72
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1404559
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi (3)

Pedagogik vazifalar: Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlik qilish va uning asosiy yunalishlari, uslubiyot xonalarining, ish mazmuni va uni tashkil etish, mudira va tarbiyachilarning ilgor ish tajribalarini urganish va ommalashtirish to’g’risida ma’lumot beradi va yo’l yo’riq ko’rsatadi.
O’qitish vositalari: tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar, ko’rgazmali qurollar. Oq’itish usuli va shakli: ma’ruza, aqliy hujum, nazorat savollar, topshiriqlar, BBB jadvali
O’qitish sharoiti: texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
Monitoring va baholash: Og’zaki nazorat, savol javob, reyting tizimi





SHAKLLARI




Talabalar soni: 59 ta O’quv vaqti: 2 soat
BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNING ISH MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI

Mashg’ulot shakli: Maslaxat ma’ruza

Mashg’ulot rejasi:


        1. Amaliy mashg'ulotlar

        2. Ekskursiya

Mashg’ulotning maqsadi:


Talabalarga tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari tog’risida ma’lumot berish.

Ma’ruza mazmuni:


  1. Amaliy mashg'ulotlar

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilmaxil shakllarda: mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi.
Mashg'ulotlarning bir xillarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan
foydalaniladi. Bolalar egallagan oilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar.
Mashg'ulotlar k i c hi k va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada lmartadan o'tkazitedi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling