Tanishtirish metodikasi fanining


Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar


Download 0.53 Mb.
bet52/72
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1404559
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi (3)

1.3. Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar.


Sentabroktabr oylarida o'lkamizga go'ngqarg'alar uchib kelishadi.
Biz ularni bolalar bog'chasi bog'larida ham ko'ramiz. Ular bizga tog'lardan tushib uchib kelishadi (bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog'larda yashaydilar). Go'ngqarg'alar kunduz kunlari dalalarga uchib ketishadi va hosili yig'ib olingan ekin maydonlaridan don va turli begona o'tlarning urug'larini terib yeydilar. Qarg'a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylanda sentabr oyining ikkinchi yarmida qizilto'shlar (o'rmon sayroqi qushi) paydo bo'ladi. Ba'zan ular Toshkent bog'larida aprel oyining oxirigacha bo'lishadi. Odatda ular to'dato'da bo'lishib O'zbekistonning havzalarida ko'chib yuradi. Sentabr oyida qorayaloqlar, chittaklar mamlakatlarga uchib ketayotgan tilla rangli qushlarni ko'rish mumkin. Tog' o'rmonlaridan vodiylarga tushib kelgan zag'chalarning (3 rasm, b) katta to'dasini ham ko'rish mumkin bo'ladi. Zarg'aldoq, qaldirg'och, bulbul (3rasm d, e), chivinxo'r qushlar, moyqutlar, jiblajibon, ko'kqarg'a va boshqa shu kabi qushlar janubdan issiq mamlakatlarga uchib ketadilar Qushlar uchib ketishga odatlanib qolganliklari, shuningdek, hasharotlarning (kapalak, ninachi, qo'ng'izlarning) sekinasta yo'qola borishi tufayli uchib ketishadi. Chunki bu hasharotlar ana shu qushlar uchun ozuqa bo'lib xizmat qiladi.
Sentabr oyida laylaklar, g'ozlar, o'rdaklar va turnalar o'z inlariga yig'iladilar va uchib ketishga tayyorlanadilar.
Tovuqlar tullay boshlaydi. Ularning deyarli barcha patlari to'kilib, yangidan chiqadi. Shu bilan birga, ular qishki sovuqlarga tayyorlana boshlaydilar. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarda ham qish sharoitiga monand keladigan tuklar o'sa boshlaydi.
Sentabr oyida asalarilar ham qishga tayyorlana boshlaydilar. Ular o'zlarining asal zahiralarini uyalarining bir tomoniga olib o'tadilar, o'z uyalarini isitadilar, keraksiz teshik va yoriqlarni bekitadilar, o'z uyalaridan o'rgimchaklarni haydab chiqaradilar, chunki o'rgimchaklar qish vaqtida asarlarilar uchun ortiqcha yuk bo'lib, asal zahiralarini yeb qo'yishlari mumkin. O'rgimchaklarning asalalariniki kabi nishlari va jag'lari bo'lmaydi, shuning uchun ular o'zlarini himoya qila olmaydilar, uyalarni tashlab chiqib ketib ochlikdan o'lib qoladilar. Asalarilar boshqa hasharotlar singari uzoq uxlamaydilar. Dastlabki sovuqlar tushishi bilanoq turnalar va g'ozlar janub tomonga galagala bo'lib uchib ketishadi. Qushlar to'dasining tuzilishi — uchib ketuvchi qush laming xarakterli belgilaridandir. Turnalar odatda o'tkir burchak hosil qilib, g'ozlar esa uzun qiyshiq qator, ba'zida esa burchak hosil qilib uchadilar. Yovvoyi qushlar va kakkulargina (4 rasm) alohidaalohida uchib ketadilar. Qushlarning uchib ketishini bolalarni sayrga olib chiqqanda yo'li bilan kuzatish mumkin. Oktabr oyining oxirlarida shaharlar va vodiylarda sa'valar paydo bo'ladi
va ular mart oyining oxirlarigacha shu yerlarda qoladi. Ular qariqiz, otquloq urug'larini yeb kun kechiradilar. Sa'valar o'zlarining chiroyli patlari va ajoyib ovozlari bilan bolalarni o'zlariga jalb qiladilar. Bolalar sa'valarni tabiat burchaklarida parvarish qilishni o'rganadilar: toza suv, so'k, arpa, pista donlarini maydalab beradilar. Shuningdek, kuz faslida zarang va shumtol daraxtlarining urug'laridan tayyorlangan ozuqalarni beradilar. Sa'valar qirilgan sabzini va bolalar qo'li bilan tabiat burchagida o'stirilgan ko'k sulini zo'r ishtaha bilan yeydilar. Kechalari dalalardan shaharlarga go'ngqarg'a, zag'cha (5rasm) va qarg'alar to'dato'da bo'lib uchib keladi.
Haroratning pasayishi bilan hasharotlar ham astasekin yo'qola boradi. Ularning ba'zilari o'ladi, boshqalari esa (sassiq qo'ng'iz) daraxtlarning, (chivinlar, pashshalar) imoratlarning kavaklariga kirib yashirinadilar. Ko'pgina chivinlar xazon boigan barglar ostiga yashirinadilar. Ba'zi hasharotlar qish uchun tuxumlarini saqlab qo'yadilar (o'simlik biti, kapalak), boshqalar esa lichinka holatida yerda qishlaydilar (tillaqo'ng'izlar). Bolalar ochiq havoga dam olgani chiqqanlarida to'kilgan barglar tagida yotgan hasharotlarni topib oladilar.
Oltin kuz davomida uchib yurayotgan o'rgimchak uyasi ko'zga tashlanadi. Uning kumushsimon uzun to'qimasida kichkina o'rgimchak uyachalari, shuningdek, ko'chmanchi qo'ng'izlar bo'ladi.
Noyabr oyida shaharda ko'plab go'ngqarg'alar, olaqarg'alar, zag'chalar uchib yuradi. Shaharga dala chumchuqlari uchib keladilar. Ular don izlab to'dato'da bo'lib uchib yuradilar. Shuningdek, shaharga tog'lardan oqbosh sa'valar, shahar chetlaridan esa so'fito'rg'aylar uchib keladilar.
Bog'larda ko'pgina qorayaloqlar va chittaklar paydo bo'ladi. Ular, asosan, togiardan uchib keladi. Ko'k chumchuqlarning o'tkir ovozlari ham eshitilib turadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling