2-sinf I. Dars mavzusi: Bahor. II. Darsning maqsadi
Download 18.68 Kb.
|
2 sinf oqish bahor mavzusida dars is
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Asosiy tushuncha va atamalar
- VI. Darsda qollaniladigan vositalar
- VIII. Yangi mavzu bayoni.
- IX. Mustahkamlash uchun metodlar
- "Rassomlar" jamoasiga
2-SINF I. Dars mavzusi: Bahor. II. Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga bahor fasli, unda kechadigan o'zgarishlar, bahorgi yumushlar, o'simliklar va hayvonlarning bahorgi hayoti haqida to'la ma'lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda mehnatsevarlik, ona tabiatga qushlarga, gullarga va hasharotlarga bo'lgan mehr - muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, og'zaki nutqini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish. III. Asosiy tushuncha va atamalar: mart, aprel, may, boychechak, chuchmoma, binafsha, lolaqizg'aldoq, kurtak, laylak, sassiqpopishak, jiblajibon, kakku, qaldirg'och, ayiq, tipratikan, tulki. IV. Darsning metodi: Aqliy hujum, ”SAN” texnologiyasi, tezkor savol-javoblar. V. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida. VI. Darsda qo'llaniladigan vositalar: bahor fasli tasvirlangan kartinkalar, bahoriy gullar, hayvonlar, hasharotlarning rasmlari, plakat va markerlar. VII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo haqida suhbatlashish. 2. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: " Yomg'ir" she'ri. Takrorlashga oid savollar: - Safo Ochil she'r orqali nimani tasvirlab berdi? - Kuchli yoqqan yomg'ir tabiatga zarar keltirishi mumkinmi? - She'rni yoddan ayting. VIII. Yangi mavzu bayoni. Aqliy hujum: Dars Derazamning tagida bir tup O'rik oppoq bo'lib gulladi. Novdalarni bezab g'unchalar Tongda aytdi hayot otini va shabboda qurg'ur ilk sahar Olib keldi gulning totini she'ri bilan boshlanadi. O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, Hamid Olimjon ushbu she'rida qaysi faslni tasvirlagan? Darslik bilan ishlash: Matn o'qituvchi tomonidan ifodali qilib o'qib beriladi. Bahor 1-martdan o'lkamizda bahor fasli boshlanadi. Bobodehqonlarimiz dalalarda, bog'larda va ekinzorlarda bahorgi yumushlarni boshlab yuborishadi. Mart oyida quyosh tobora yuqori ko'tarilib, yer yuzasiga o'z nuri va haroratini mo'l - ko'l socha boshlaydi. 21-martda kun bilan tunning uzunligi baravarlashadi. Bahor kelgan bo'lsa-da, mart oyi boshlarida ob-havo tez-tez o'zgarib turadi: shamol esadi, kechqurun va ertalab tuman tushadi, yomg'ir, do'l yog'adi. Bahorning dastlabki gullari-och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma, shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo'y binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar cho'g'dek lovullaydi, oltin gulli momaqaymoqlar barra maysalar uzra bodrab turadi. Daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Mart oyida hasharotlar va boshqa jonivorlar uyg'onadi, qurbaqalar qurillab, "qo'shiqlari"ni boshlaydilar. Laylak, jiblajibon, sasiqpopishak, kakku, qaldirg'och va turnalar uchib keladilar. Ayiq, tipratikan, tulki va bo'rilar qishki uyqudan uyg'onadilar. Bolalar ensiklopediyasidan. IX. Mustahkamlash uchun metodlar: SAN texnologiyasi ( uchlik - samarali, axloqiy, nazokatli). Texnologiyaning maqsadi: o'quvchilarda yakka, jamoaviy guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko'nikmalarini, ishga mas’uliyat va yondashuvni shakllantirish, tasviriy san'at bo'yicha bilimlarini yanada mustahkamlash. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: O'qituvchi o'quvchilar auditoriyasini o'tkaziladigan mashg'ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o'quvchilarni uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi. Kichik guruhlarda o'quvchilar quyidagi rollarga bo'linadilar: yozuvchilar, shoirlar va rassomlar. keyin har bir guruhdan bir vakil chiqib, o'zi uchun tayyorlangan topshiriqlarni oladi. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin: "Yozuvchilar" jamoasiga: bahor faslining boshlanishi, bahorgi yumushlar, 21- mart Navro'z bayrami, ob-havodagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berish. "Shoirlar" jamoasiga: bahorda qaysi gullarning ochilishi, qaysi qushlarning uchib ketishi va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar haqida so'zlash. So'ngra bahor fasliga Navro'z bayramiga bag'ishlangan she'rlardan aytish. "Rassomlar" jamoasiga: plakatga "O'lkamizda bahor" mavzusida rasm ishlash. O'quvchilar birgalikda topshiriqlarni bajarib bo'lgach tahlil qilinadi va munosib baholanadi. X. Uyga vazifa: Matnni qayta o'zlashtirib, Otayorning "Bahor keldi" she'rini yodlash. Download 18.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling