Tanishuv amaliyoti


Download 103.23 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi103.23 Kb.
#1432631
  1   2
Bog'liq
Абдуллаев Н. ММ 93 (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshkent Moliya Instituti

«Menejment» kafedrasi

MENEJMENT” TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA


TANISHUV AMALIYOTI

HISOBOTI


Tayyorladi: ______________


Talabasi: ______________


Amaliyot rahbari:________________

Kafedra tomonidan ro’yxatga olingan tartib raqami №______
___” ____________2021 y. ________
( imzo)



Hisobot himoyaga tavsiya
qilindi (qilinmadi)


Sana “___” ___________2021 y


Rahbar imzosi: ___________

Hisobot bahosi _______ ball
Komissiya a’zolari:
___________________________
___________________________
___________________________


Toshkent – 2021
Reja:
Kirish……………………………………………………………………………..3

  1. “Daytona” MCHJning iqtisodiy tansifi, hamda tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish…………………………………………………………………………..6

  2. “Daytona” MCHJning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish…………………………………………………………………………13

  3. “Daytona” MCHJning xodimlari tarkibi, soni………………………………….22

  4. “Daytona” MCHJning ish faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish……………………...27

Xulosa va takliflar………………...……………………………………………..29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………..……………………………..........31

KIRISH
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar, mamlakatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan aniq va puxta ishlab chiqilgan milliy dasturlarning amalga oshirilishi, davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar, kiritilayotgan investitsiyalar tegishli imtiyozlar tufayli mamlakatimizda ham barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarda rivojlanish sur’atlari kuzatilmoqda.
Bugungi kunda Samarqand viloyati respublikamizning sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. Viloyatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida barqaror o‘sishni ta’minlash hamda ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Biz amaliyot o‘tash davomida korxonada ishlab chiqarish sohasining rivojlanishiga e’tibor berishni ahd qildik. Chunki, korxonada ishlab chiqarish sohasida so‘ngi yillarda ixtisoslashtirilib kelmoqda. Viloyatimiz hududida ishlab chiqarish korxonalarning soni ortib borishi tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga va raqobat muhitini o‘sib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega, o‘ziga xos muammolari bo‘lgan va ularni o‘rganish, yechimini topish doimo dolzarb metodologik, nazariy hamda amaliy masala bo‘lib kelgan. Ushbu jarayon to‘la ishlab chiqarish sohasiga ham tegishlidir.
Ishlab chiqarish sohasi mamlakatdagi ishlab chiqarish, qurish, mineral og‘itlarning savdo xarakatining o‘sishini tashkil etadi. Savdo iste’mol bilan ishlab chiqarishni bir-biriga bog‘laydi, aholi talab-ehtiyojlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olib ishlab chiqarishga yangi buyurtmalar beradi va uni yangi ishlab chiqarish ishlarini o‘zlashtirishga – texnologiyani yangilash va korxo­na­ni modernizatsiya qilishga undaydi. Ishlab chiqarish tarmoqlarini samara­li faoliyati natijasida mamlakat aholisining mahsulot ehtiyojlari to‘laroq qondiriladi, iqtisodiyot sohalari mahal­liy va jahon bozorlaridagi raqobat muhitiga moslashib borishla­riga zaruriyat tug‘iladi.
Mustaqillik yillari davrida ishlab chiqarish sohasida tubdan ro‘y bergan ijobiy mulkiy va tashkiliy o‘zgarishlar ro‘y berganligiga qaramasdan bu sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muammolar ko‘p. Buning asosiy sababi hozirgi sharoitda ishlab chiqarish sohasi sub’ektlari faoliyat yuritishining bozor mexanizmini, ular faoliyatida xizmat ko‘rsatishning zamonaviy iqtisodiy dastaklaridan foydalanish, xo‘jalik yurituvchi boshqa tarmoqlar bilan aloqalari, uni boshqarish va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish kabilardir.
Shu o’rinda mamlakatimiz prezidentining gaplaridan iqtibos keltirmoqchiman: “Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo’yicha yanada qulay sharoitlar yaratiladi. Bir narsani alohida ta’kidlash kerak, pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan tengma teng hissa qo’shdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo’lib, ularni doimo qo’llab-quvvatlashimiz shart. Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa xususiy mulk daxlsizligni ta’minlash – barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasi bo’lishi lozim”1
Har bir korxonaning tashkiliy tuzilmasi o’ziga xosdir, u oldingi tashkiliy tuzilmalarni inobatga olib, rahbarlar topshiriqlarni taqsimlashni oldingi siyosatini va ichki muhitini aks ettiradi. Bundan tashqari har bir strategiya alohida omillarga va faoliyatga asoslanadi. Shu sababli tashkiliy tuzilmaga individual yondashuv maqsadga muvofiq.
“2017 yil va undan keyingi davrga belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchta eng muhim talabga hal etuvchi darajada bog’liqdir.
Birinchi – davlat rahbari – Prezidentdan boshlab barcha bo’g’indagi rahbarlarning yakuniy natijalar uchun shaxsiy javobgarligi.
Ikkinchi – hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni ta’minlashimiz darkor. Yana bir bor ta’kidlayman, ishni birgalikda bajaramiz, natija uchun esa har birimiz shaxsan javob beramiz.
Uchinchi talab – qatorlarimiz va kadrlarimizning sofligini ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlarning ildizini quritish.”2
Regulyativ innovatsion faoliyatning yuqori shakli-bu innovatsion siyosatni ishlab chiqish va o’tkazish, innovatsion faolyaitni boshqarishdir.


  1. Daytona” MCHJning iqtisodiy tansifi, hamda tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish

Men o‘zimning malakaviy amaliyotimni brokerlik, treyderlik va dillerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Daytona” MChJda o‘tadim. Ushbu korxona asosan birja savdolarini tashkil etadi, brokerlik, treyderlik va dilerlik xizmatlarini ko‘rsatadi. Amaliyotning dastlabki kunlarida korxonaning Ustavi bilan tanishib chiqdim. “Daytona” mas’uliyati cheklangan jamiyat Pastdarg’om tumani, Oydin ko‘chasi 7 uyda istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Azimov Sherzod Shavkatovich 13 mart 1972 yilda to‘g‘ilgan, pasport seriyasi: AA0212591 Pastdarg’om tuman IIB tomonidan berilgan.
Korxona asosiy maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • brokerlik, treyderlik va dillerlik umuman vositachilik faolshiyatini amalga oshirish;

  • chakana-ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish;

  • savdo yarmarkalari va savdo do‘konlari tashkil qilish;

  • internet kafe;

  • kompyuter uyinlarini tashkil etish;

  • kompyuter, murakkab elektron texnikalar, video, audio texnika uskunalarini ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ular bilan savdo faoliyatini amalga oshirish;

  • qimmatbaho toshlar bilan savdo faoliyatini amalga oshirish va aholidan sotib olish va sotish;

  • savdo vositachiligi, tijorat, brokerlik, diler, menejment, marketing, injinering va konsalting faoliyatini amalga oshirish;

  • baholash va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

  • xalq iste’moli mollari va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab-chiqish, qayta ishlash va ular bilan savdo faoliyatini amalga oshirish;

  • aholidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini jumladan, go‘sht-sut, kunjut va don mahsulotlarini buyurtma va shartnoma asosida, sotib olish va qayta ishlash, tozalash, saqlash, qoplash faoliyatini amalga oshirish va b.q. (ustav to‘liq ilova qilinadi).

Amaliyot dasturida ko‘rsatilgan hamda amaliyot davrida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarni barchasini o‘z vaqtida bajardim. Xususan, amaliyot dasturiga muvofiq:

  • korxonaning tarixiy faoliyati, faoliyat yo‘nalishlari, “Nizom”i bilan tanishish;

  • korxonaning asosiy mijozlari, ularning tarkibi, mijozlar xatti-harakatlariga korxonaning ta’sir etish usullarini o‘rganish;

  • korxonaning asosiy raqobatchilari tahlili, raqobat ustunligini tahlil qilish;

  • korxonaning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligining tahlili;

  • korxonaning xo‘jalik portfilini tahlil qilish (BKG, Makkenzi, Ansoff matritsalari);

  • korxonaning tovar siyosati, narx siyosati, sotish siyosati va kommunikatsiya siyosatini kabilarni o‘rgandim.

Korxonaning asosiy faoliyati aholiga savdo xizmati, ya’ni chakana savdo faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun amaliyot davrida asosiy e’tiborni korxonaning chakana savdo faoliyati, chakana savdo faoliyatini tashkil etilishiga qaratdim. Shuningdek, korxonaning chakana savdo faoliyatida marketing va menejment tadbirlarini tashkil etilishi, narx belgilash tartibini o‘rgandim.
Amaliyot davri davomida chakana savdo faoliyatini amalga oshirishning talablari, me’yoriy hujjatlarni o’rgandim.
Chakana savdo korxonalari deb yuridik shaxs bo‘lgan, o‘z mulkiga ega bo‘lgan mukammal holda aholiga savdo xizmati ko‘rsatadigan sub’ektga aytiladi. Masalan, hissadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, savdo birlashmalari va ularning uyushmalari misol bo‘la oladi.
Chakana savdo tarmog‘i deb, aholiga yoki haridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadigan yoki shunga o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanayotgan binoga, jihozga yoki shunga o‘xshash savdo shoxobchasiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami (2006 y., 20-21-son, 181-modda)ga ko‘ra chakana savdoga quyidagicha ta’rif berilgan.
Chakana savdo – savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish.
Turg‘un chakana savdo shoxobchasi – joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi organlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qurilgan, sanitariya va yong‘in xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, navlarga ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega bo‘lgan, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan ob’ekt (bino, inshoot).
Savdo tarmoqlari ichida savdo binolari eng asosiy o‘rinni egallaydi, chunki 90% va undan ortiq mahsulotlar savdo tarmog‘i orqali aholiga yetkaziladi.
Savdo tarmoqlari logistik sistemasining eng oxirgi nuqtasi bo‘lib hisoblanadi va har qanday tovar shunday chakana savdo tarmog‘i orqali o‘tishi lozim. Aholining mintaqaviy tarqoq joylashishiga qarab savdo tarmoqlari tarqoq va ko‘p bo‘ladi. Qayerda haridor bo‘lsa shu yerda savdo tarmog‘i bo‘lishi lozim.
Shuning uchun savdo tarmoqlari logistik sistemada muhim o‘rin tutib quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Aholiga tovar sotish.

  2. Tovar sotish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xizmatlarni ko‘rsatish.

  3. Bozorni o‘rganish.

  4. Tovarlarni qabul qilish va saqlash.

  5. Tovarlarga qo‘shimcha ishlov berish (o‘rash, tozalash, qadoqlash, boshqarish).

Chakana savdo yalpi ommaviy tus olgan. Shuning uchun bu sohada juda ko‘p xodimlar band bo‘ladilar. Ko‘pgina mamlakatlarda mehnatga layoqatli kishilarning 10-20% gachasi chakana savdoda band.
Chakana savdoda quyidagi tijorat vazifalari amalga oshiriladi:

  • bozor holatini o‘rganish, talab va taklif miqdorini tarkibini aniqlash;

  • ishlab chiqarish yoki vositachi korxonalar bilan harid qilish bo‘yicha aloqalar o‘rnatish va tashib keltirishini amalga oshirish;

  • oxirgi iste’molchining talabiga mos tovar assortimentini savdo tarmoqlariga tarkib toptirish;

  • iste’molchilarga turli xildagi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish;

  • marketing faoliyatini olib borish, reklama axborot ishlarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 253-sonli Qaroriga asosan, respublika bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash maqsadida, “O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari” va “O‘zbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalari”3 tasdiqlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari”ga muvofiq, bozor hududini obodonlashtirishga, ob’ektlarni joylashtirishga va bozorni jihozlashga bir qator umumiy talablar qo‘yilgan.
Unga muvofiq, bozorda quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • asfaltlangan (chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar sotish bozoridan tashqari), yaxshi yoritilgan, yondosh hududdan to‘siq bilan ajratilgan savdo maydoni;

  • bozorda ish vaqti tugagandan keyin yopiladigan kirish va chiqish joylari;

  • bozorning nomi, ixtisoslashuvi va ish tartibi ko‘rsatilgan holda davlat tilida rasmiylashtirilgan peshlavha;

  • jihozlangan va tartib raqamlari qo‘yilgan turg‘un hamda mavsumiy savdo rastalari va savdo qilish uchun joylar, turg‘un savdo shoxobchalari (shu jumladan pavilonlar). Bunda bozor ma’muriyati tasdiqlagan va bozor ob’ektlarining joylashish sxemasi ko‘rinarli joyga osilgan va ob’ektlarning amalda joylashgan o‘rni, shuningdek bozor rastalari va savdo o‘rinlarining joylashishi haridorlarning bozorda erkin yurishini hamda savdo rastalari va joylariga bemalol borishini ta’minlashi kerak;

  • davlat soliq xizmati organlari, hududiy ichki ishlar organlari, sanitariya-epidemiologiya nazorati, tibbiyot punkti, davlat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi yoki davlat veterinariya xizmati organlarining tayanch punktlarini joylashtirish uchun xonalar (mol go‘shti va o‘simliklardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda);

  • buyumlarni saqlash joylari, dezinfeksiyalovchi moddalarni saqlash, go‘sht mahsulotlarini maydalash (go‘sht sotishda) uchun alohida xonalar;

  • sotuvchilar va haridorlar uchun aravachalarni prokatga berish punkti;

  • o‘lchov-tortish vositalarini prokatga berish punkti (ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozorlaridan tashqari);

  • avariya hamda favqulodda vaziyatlar holatlarida yong‘inni o‘chirish va, aholini xabardor qilish vositalari;

  • bozorlar hududida va unga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari, suv quvurlari, yuz-qo‘l yuvgichlar, axlat to‘plagichlar, radiouzel va boshqa zarur infratuzilma ob’ektlari.

Jamiyatning kollegial ijroiya organi - Boshqaruvning maqomi,
vakolat doirasi va faoliyatini tashkil etish tartibini, Boshqaruv ishini, uning
a’zolarini saylash (tayinlash), shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Boshqaruv Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi va Jamiyatning boshqaruv organi hisoblanadi.
BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH TARTIBI
Boshqaruvning son tarkibi Jamiyat Ustaviga asosan 3 (to‘qqiz) kishini tashkil etadi.
Boshqaruvning son tarkibi Boshqaruv vazifalari bir xodim tomonidan imkoni boricha ko‘p bajarilishi, boshqaruv devonini qisqartirish, Jamiyatni boshqarishda birbirini takrorlovchi bo‘g‘inlarning tugatilishi va u bilan bog‘liq boshqaruv xarajatlarining qisqarishi prinsiplaridan kelib chiqib belgilanadi.
Boshqaruv a’zolari lavozim yo‘riqnomasida belgilab berilgan vakolatlar, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlari, Jamiyatning umumiy yig‘ilishi, Jamiyat Kuzatuv kengashining qarorlari, Boshqaruv qarorlari va Boshqaruv raisining farmoyishlari doirasida ish tutadi.
Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo‘ladi.


  1. Daytona” MCHJning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish

“Daytona” MCHJ faoliyati davomida bir qator me’yoriy hujjatlar va qonunlar bilan ishlaydi va ular orqali o’z faoliyatini tartibga solib turadi.
Jumladan:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
3. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxonalar to’g’risidagi” qonuni, 2004 yil, №3.
4. O’zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonuni., 2012 yil 27 apreldagi № 82(5502)

  1. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni, 2003 yil 30-avgust.

  2. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Qarori «Kichik va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to’plami, 2010 yil.,5-son.

  3. O’zbekiston birinchi Respublikasi Prezidentining 22.01.2009 yildagi 1045-sonli Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar to’g’risida”gi 2008 yil 5 apreldagi Farmoni.

  4. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari to’g’risida»gi 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442 sonli qarori.

  5. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2010 yil 29 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining 2011 yilga mo’ljallangan investision dasturi to’g’risida”gi 1455-sonli Qarori.

  6. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining 2012 yilga mo’ljallangan investision dasturi to’g’risida”gi 1668-sonli Qarori.

  7. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4354-sonli Farmoni.

  8. Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlanitirsh asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyasini kengaytirishni rag’batlantirish chora tadbirlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoni 05.01.2006 yil № PF 3706.

  9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi “Aholi ish bilan bandligini oshirish hamda mehnat va aholi ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashitirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ №616 sonli qarorini amalga oshirish chora tadbirlari haqida 95-sonli qarori.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti 2017 yilning 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham korxonaning faoliyatidagi dasturil amal bo’lib xizmat qiladi. Xususan ushbu strategiyaning 3-yo’nalishi, ya’ni Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalisharidagi quyidagi qismi “Daytona” MCHJ faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi.
“Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasi faoliyatining rivojlanishi ko’p jihatdan korxona boshqaruv omillariga bog’liq hisoblanadi.
Boshqarish (iqtisodiyotda) – xo’jalik ob’ektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yo’naltirish jarayoni; sub’ektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy ob’ektlarga ongli maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yo’naltirish va ko’zlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqarish tarkibiy jihatdan korxona, korxona, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida bo’ladi.
Boshqarish ishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchilar (menejerlar) amalga oshiradi. “Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasi faoliyatini boshqarish aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan va bu maqsadlar o’zida demografik omillar va bu boradagi muammolarni ham qamrab oladi.
“Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasi faoliyatini boshqarishda muhim vositalardan biri bu uning alohida bo’linmalari faoliyatini to’g’ri tashkil etish va ularni to’g’ri boshqarish hisoblanadi. Buning uchun esa boshqaruvchidan bo’linmalar vazifalari va ularda mehnat faoliyati qanday tashkil etilishi haqida aniq bilim va ko’nikmalar mavjud bo’lishi lozim.
“Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasi takibiy bo’linmalari orasida zamonaviy texnikalar yordamida xizmat ko’rsatish bo’limi alohida o’rin tutadi. Sababi, ushbu xizmat korsatish korxonasining barcha vazifalari aynan zamonaviy texnikalar yordamida xizmat ko’rsatish bo’limi faoliyati bilan bog’liq hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatini boshqarishda ularning xarajatlari mohiyatini anglash va xarajatlarni to’g’ri yo’naltirish muhim o’rin tutadi.
Korxonalar xarajatlarini boshqaruv maqsadida quyidagicha guruxlash mumkin (1-chizma):

Xarajatlarni boshqaruv maqsadlari uchun turkumlash


O’zgarmas


O’zgaruvchanligiga ko’ra


O’zgaruvchan



Relevant


Qarorlar ta’siriga ko’ra


Norelivant


Qoplanadigan


Qoplanishi (qaytarilishi)ga ko’ra


Qoplanmaydigan



Alternativ


Tanlab olinishiga ko’ra


Noalternativ

1-chizma. Korxonalar xarajatlarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida tavsiflanishi


Xarajatlar o’zgaruvchanligiga ko’ra tavsiflanganda, ular o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga ajratiladi.
Doimiy yoki o’zgarmas xarajatlar ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga qaramasdan summasi doimiy bir xil miqdorda qoladigan xarajatlar tushuniladi. Doimiy bino ijarasi, reklama, qo’riqlash xarajatlarini keltirish mumkin.
O’zgaruvchan xarajatlar deganda ishlab chiqarish xajmi o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarlar tushuniladi. Bunday xarajatlarga ish haqqi, material xarajatlarini misol qilishimiz mumkin.
Relevant xarajatlar deganda boshqaruv qarorlari ta’sirida summasi o’zgaradigan xarajatlar tushuniladi.
Norelivant xarajatlar deganda boshqaruv qarorlari ta’sirida summasi o’zgarmaydigan xarajatlar tushuniladi.
Qoplanadigan xarajatlar deganda materiallar va asosiy vositalarga qilingan xarajatlar tushuniladi.
Qoplanmaydigan xarajatlar deganda hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan daromadlar hisobidan qoplanmaydigan xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlarga reklama xarajatlarini misol qilib olishimiz mumkin.
Alternativ xarajatlar deganda birining o’rniga ikkinchisini qabul qilish mumkin bo’lgan xarajatlar tushuniladi.
Noalternativ xarajatlar deganda birining o’rniga ikkinchisini qabul qilish mumkin bo’lmagan xarajatlar tushuniladi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati samaradorligi undagi boshqaruv tizimining qanchalik darajada yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan bog’liq hisoblanadi. Agar tashkilotni boshqaruv tizimi samarali ishlamasa tashkilot faoliyati orqaga ketadi. Turli turdagi xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligi ularning faoliyat turidan kelib chiqqan holda baholanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati, mahsulotning xaridorligi, ishlab chiqarish sig’imliligi kabi bir qancha omillar bilan o’lchansa, xizmat ko’rsatuvchi subyektlar faoliyati samaradorligi ularning ko’rsatilgan xizmatlar hajmi va sifati bilan o’lchanishi mumkin. Bizning amaliyotimiz subyekti “Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasi faoliyati samaradorligi tashkilot tomonidan qilingan xarajatlar sarfi, tashkilotning daromadlari o’sishi dinamikasi, ko’rsatiladigan xizmatlar turlarining hajmi kabi omillar bilan o’lchanishi mumkin.
“Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasi Moliyaviy natijalar to’g’risida.

Ko’rsatkich nomi

Satr
kodi

O’tgan yilning shu davrida

Hisobot
davrida

Daromadla
r

Harajatla
r

Daromadl
ar

Harajatla
r

1

2

3

4

5

6

Mahsulotlarni sotishdan sof tushum

010




x

852310.74

x

Sotilgan mahsulotlarning tannarxi

020

x




X




Mahsulotlarni sotishning yalpi foydasi

030

0.00

0.00

852310.74

0

Davr harajatlari

040

x

0.00

X

1452365.9
1

Sotish harajatlari

050

x




X

117355.23

Ma’muriy harajatlar

060

x




X

1190495.6

Boshqa operatsion harajatlar

070

x




X

144515.08

Hisobot davrining soliq solinadigan qismi

080

x




X




Asosiy faoliyatning boshqa daramodlari

090




x

664700.5

x

Asosiy faoliyatning foydasi

100

0.00

0.00

64645.33

0

Moliyaviy faoliyat daromadlari

110

0.00

x

500000

x

Dividendlar shaklidagi daromadlar

120




x




x

Foizlar shaklidagi daromad

130




x




x

Moliyaviy ijaradan daromad

140




x




x

Valyuta kursi farqidan daromad

150




x




x

Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari

160




x

500000

x

Moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar

170

x

0.00

X

428880.57

Foizlar shaklidagi daromadlar

180













Moliyaviy ijara bo’yicha harajatlar

190

x




X




Valyuta kursi farqidagi zararlar

200

x




X




Moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar

210

x




X

428880.57

Umumxo’jalik faoliyatining harajatlari

220

0.00

0.00

135764.76

0

Favqulotda foyda va zararlar

230













Foyda solig’ini to’lagunga qadar foyda

240

0.00

0.00

135764.76

0

Foyda solig’i

250

x




X

10182.36

Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar

260

x




X

10045.59

Hisobot davrining sof foydasi(zarari)

270

0.00

0.00

115536.81

0

“Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasi agrokorxonasi moliyaviy natijalari shuni ko’rsatadiki: jamiyat hisobot yilida bir qancha faoliyat turlaridan sezilari darajada foydaga erishdi. Buning asosiy sababi: ushbu davr mobaynida sof tushum, moliyaviy faoliyat daromadlari, asosiy faoliyatning foydasi va asosiy faoliyatning boshqa daromadlari ushbu davr mobaynida qilingan harajatlardan ancha yuqori. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki hisobot yili mobaynida jamiyatdqa favqulotda foyda va zararlar kuzatilmagan.

Download 103.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling