Tanlanmaning boshlangʻich statistik tahlili
Download 385.12 Kb. Pdf ko'rish
|
ehnsENB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Ehtimollar va statistika fanidan Amaliy ish-3; Bajardi: Nig’monov Elyor Tekshirdi: Qodirov Farxod Amirovich ; 3-SHAXSIY TOPSHIRIQ 15-variant TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI. Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi: 1. Ranjirlangan variatsion qator; 2. Diskret variatsion qator; 3. Oraliqli variatsion qator. Taʻrif 1. Tanlanma hajmi n kichik boʻlganda bu tanlanmaning alohida qiymatlari x1,x2,…,xn larni o‘sish (yoki kamayish) tartibida joylashishidan hosil boʻlgan x(1)≤x(2)≤x(3) ≤…..≤x(n) qatorga ranjirlangan variatsion qator deyiladi. Misol. Tasodifiy ravishda potokdagi 5 ta talabadan oldingi semestrda matematikadan olgan ballarini surishtirdik natijada faraz qilaylik: 81; 76; 93; 62; 71 sonlar hosil boʻldi deylik. Ushbu maʼlumotlar tanlanma toʻplam boʻlib, tanlanma hajmi n=5 kichik boʻlgani uchun bu sonlarni oʻsish tartibida tartiblashtirishdan hosil boʻlgan: 62; 71; 76; 81; 93 qator ranjirlangan variatsion qator boʻladi. Taʼrif 2. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq esa kichik boʻlsa, u holda tanlanmada qatnashgan 𝑥𝑖 variantalar va ularning takrorlanganlik chastotalari 𝑛𝑖 lar keltirilgan qatorga diskret variatsion qator deyiladi. 15-variant D tanlamaning F1 ustuni boʻyicha 1) Variatsion qator tuzilsin; 2) Tanlanma oʻrta qiymat; 3) Tanlanma dispersiya; 4) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish; 5) Moda; 6) Medianalar hisoblansin. D tanlamaning F1 ustuni boʻyicha 1) F1 ustun 46,75,63,56,70,67 sonlardan iborat, ularni oʻsish yoki kamayish tartibida tartiblashtirib chiqamiz: 46,56,63,67,70,75-ranjirlangan variatsion qator; Tanlanma o`rta qiymati: X o`rtacha=(x1+x2+…+xn)/n=(46+56+63+67+70+75/6=62,8(3) Tanlanma dispersiyasi : 𝑆̅²=( x1 ² +x2 ²+…..+xn²)/n-(( x1+x2+…+xn)/n) ²=95,32(6) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish: 𝑆̅=√𝑆̅²=√95,32(6)=9,7631 Ranjirlangan variatsion qatorlarda Moda aniqlanmaydi 6) Mediana, tanlanma hajmi juft boʻlgani uchun: Me=56; A tanlanma boʻyicha: 1) Variatsion qator tuzilsin; 2) Nisbiy chastotalar aniqlansin; 3) Yigʻma chastotalar aniqlansin; 4) Variatsion qator poligoni chizilsin; 5) Variatsion qator gistogrammasi chizilsin; 6) Emperik funksiya taqsimoti tuzilsin; 7) Emperik funksiya taqsimoti grafigi chizilsin; 8) Tanlanma oʻrta qiymat hisoblansin; 9) Tanlanma dispersiya hisoblansin; 10) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish hisoblansin; 11) Moda topilsin; 12) Mediana topilsin Shunday qilib A tanlanma boʻyicha Excelda qilingan hisoblashlar bor yoʻgʻi bir varoqni tashkil etadi: Download 385.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling