Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi (6.8-rasm). Faraz qilaylik, X1 - gamburger, X2 - fanta ichimligi.
X2
3
2
0 1 2 X1
grafikda bitta gamburger bilan uchta fanta ichimligi (A nuqta) beradigan naf, 2 ta gamburger bilan 2 ta fanta ichimligi (B nuqta) beradigan nafga teng. Demak, befarqlik egri chizig`i bir xil naf beradigan gamburger va fanta ichimliklari kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalardan iborat. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi (6.9-rasm).
X2
0
X1
Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o`ngda va tepada joylashgan bo`lsa, unga to`g`ri keladigan naflilik shuncha yuqori bo`ladi: Masalan, 6.9-rasmdagi befarqlik
egri chiziqlari joylashuviga ko`ra
TU3 TU2 TU1
deb yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |