Tanqidiy fikrlash


Tanqidiy fikrlab, muammo va masalani qanday hal qilamiz?


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1046348
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-sinf Tarbiya. Tanqidiy fikrlash doc - копия

Tanqidiy fikrlab, muammo va masalani qanday hal qilamiz? 
Keling, biror muammo va masalani hal qilishda bizga nimalar yordam berishini o‘ylab ko‘raylik. 
Avval muammoni tahlil qilamiz. Tahlil, bu – murakkab masalani yaxshiroq tushunish uchun uni 
kichik qismlarga bo‘lib chiqish degani. Bu orqali: 
 
 
 
Tanqidiy fikrlaydigan kishi oqilona qaror qabul qiladi. Anvarning otasi o‘g‘liga noutbuk sovg‘a qildi. 
Do‘stiga havasi kelgan Nodir ota-onasidan unga ham noutbuk olib berishlarini so‘radi. Uning otasi 
uyni yaqindagina ta’mirdan chiqargani sabab, noutbuk xaridini biroz keyinroqqa qoldirishni aytdi. 
Nodir bundan biroz xafa bo‘lgan bo‘lsa ham, ota-onasini tushundi va bu fikrga ko‘ndi. 
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega insonda mustaqil o‘rganish moyilligi baland bo‘ladi. Ya’ni, 
bunda siz bilimingizni boyitasiz, qo‘shimcha ma’lumotlar izlaysiz. 
 
MENING HAYOT QOIDALARIM 
Qonun va qoidalar bizni to‘g‘ri yo‘naltirish, himoya qilish va tartibni saqlash uchun juda muhim. 
Tasavvur qiling, dunyoda hamma amal qilishi shart bo‘lgan ikkita qoida ishlab chiqish kerak. Siz 
qaysi qoidalarni ilgari surasiz? 
1-qoida ... . 
Bu qoidani tanlashimdan maqsad shuki, ... . 
2-qoida ... . 
Bu qoida Yer uchun muhim, chunki ... . 
Tanqidiy fikrlash orqali biz ahamiyatsiz og‘zaki bahslarni asosli fikrlar bilan ifodalashga o‘rganamiz. 
O‘z nuqtayi nazarimizni shubha ostiga olamiz, boshqalarni tinglaymiz. Bunday insonlar «Ehtimol 
men xato qilayotgandirman?», «Balki uning so‘zlari to‘g‘ridir?» degan savollarni o‘ziga beradi va 
javob izlaydi. 
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega insonlar kamtar bo‘ladilar, fikrlarining xato ekanini
boshqalarning ustun jihatini tan oladilar. Ular sinchkov va qiziquvchan bo‘ladilar, mayda dalillarni 
ham o‘rganishdan to‘xtamaydilar. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling