Tanqidiy fikrlash
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf Tarbiya. Tanqidiy fikrlash doc - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
- III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar «NIMA BO‘LGAN BO‘LAR EDI»
- Mulohaza uchun TANQIDIY FIKRLASH – INNOVATSIYANING TAGZAMINI
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash. Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar. Darsning borishi. T/R Bo’limlar Vaqti 1 Tashkiliy qism 3 daqiqa 2 O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa 3 Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa 4 Yangi mavzuni mustahkamlash 1O daqiqa 5 O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. 1O daqiqa 6 Uyga vazifa 2 daqiqa Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar «NIMA BO‘LGAN BO‘LAR EDI?» Ushbu mashq sizga «yon tomon»dan fikrlash va masalaga boshqa rakursdan qarash imkonini beradi. Ijodiy va amaliy fikrlagan holda savollarga javob bering. Nima bo‘lgan bo‘lar edi, agar … … kompyuter va elektron gadjetlar to‘satdan hayotimizdan g‘oyib bo‘lganida? … dunyoda elektr tokisiz yashashga to‘g‘ri kelganida? … sizga dunyodagi bitta narsani o‘zgartirish imkoni berilganida? … yer yuzida daraxtlar bo‘lmaganida? Mulohaza uchun TANQIDIY FIKRLASH – INNOVATSIYANING TAGZAMINI Aristotel yoki Arximed, Beruniy yoki Xorazmiy, Stiv Jobs ... Insoniyat tarixini o‘zgartirgan va o‘zgartirayotgan insonlardagi umumiy o‘xshashliklardan biri – tanqidiy fikrlash qobiliyatidir. Tanqidiy fikrlash – muvaffaqiyat qozonishga, baxtli yashashga, mo‘may daromad topishga, hurmat qozonishga xizmat qiladi. Xo‘sh, tanqidiy fikrlash qanday sodir bo‘ladi? Tasavvur qiling, siz ko‘p ma’lumotlarni bilasiz va kuchli xotiraga egasiz. Lekin bu qobiliyatlaringiz sizga qarshingizdagi muammoni hal qilishga yordam bera olmaydi. Chunki sizda hozircha tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi yetishmayapti. Muammoni hal qilish uchun yangi g‘oya kerak. Muammoning ijobiy yechim topishi nafaqat yangi g‘oyalarga, balki ularning qanchalar foydali ekaniga ham bog‘liq. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi orqali g‘oyafikrlarni baholaymiz, eng yaxshilarini saralaymiz va ulardan hayotimizni o‘zgartirish uchun foydalanamiz. Tanqidiy fikrlaydigan odam g‘oya va fikrlarni bog‘lab turgan aloqalarni yaxshi tushunadi. Natijada, u dunyoni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq va tezroq anglaydi. Tasavvur qiling, siz qora rangli buyum oldidasiz. Ammo uning ichi yoki boshqa tomoni oq bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylaganmisiz? Ehtimol tashqaridan qo‘pol ko‘ringan odam ich-ichidan mehribon bo‘lib chiqishini taxmin qilgan bo‘lishingiz mumkin. Tanqidiy fikrlash – muammoni hal qilish uchun ma’lumotlardan aniq va oqilona foydalana olish, savol berish oqrali qo‘shimcha ma’lumotlar toppish ko‘nikmasidir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling