Tanqidiy fikrlash


Download 16.43 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi16.43 Kb.
#1262285
Bog'liq
Tanqidiy fikrlash 07.07

Tanqidiy fikrlash


1. Maftuna: ,, Men 2 haftalardan buyon ko'chalarda, metro va avtobuslarda chiqarilgan o'quv markazlarining reklamalarini ko'rib shunday xulosaga keldim, ingliz tilini mukammal o'rganish uchun 3 oydan 5 oygacha bo'lgan muddat yetarli ekan.
Quyidagilardan qaysi biri Maftunaning fikrlashidagi xatolikni ko'rsatib bera oladi?
A) Ba'zi o'quv markazlari metroda reklama joylasalar ham, ularning reklamalarini ko'chalarda va avtobuslarda uchratmaysiz.
B) Maftuna boshqa joylarda ham osib qo'yilgan reklama yozuvlarini hali to'liq o'qib chiqishga ulgurmagan.
C) Maftuna ingliz tilini o'rganish rus va xitoy tillarini o'rganishga qaraganda ancha oson ekanligini inobatga olmayapti.
D) Maftuna reklamada berilgan ma'lumotni haqiqiy hayotdagi dalillar bilan solishtirmasdan yakuniy xulosa chiqaryapti.

2. Maktab o'quvchilari sayohat davomida qadimiy shaharlardan biri hisoblangan Xiva shahriga tashrif buyurdilar. U yerda joylashgan qadimiy binolarni ko'rgan o'quvchilar bu yerda zamonaviy bino va inshootlarni qura oladigan quruvchilar yo'q ekan deb xafa bo'lishdi. Chunki barcha aholi eski uylarda yashayotgan edi.


Quyidagi gaplardan qaysi biri o'quvchilarning fikrlashidagi mantiqiy xatolikni ko'rsatadi?


A) Zamonaviy binolarni qurish uchun hukumat tomonidan ajratiladigan pul miqdori bu yil o'tgan yilgidan 2 barobar ko'proq bo'ldi.
B) Bolalar Xiva shahriga 2 soatlik yo'ldan keyin juda charchab keldilar va darhol sayr qilishga chiqdilar.
C) Hukumat qarorga ko'ra tarixiy shaharlarga tegishli bo'lgan binolarni o'zgartirish taqiqlanadi.
D) Zamonaviy inshootlarni qurish uchun chet eldan tajribali mutaxassislarni olib kelish lozim.
3. Agar shahar ichiga 8 tonnadan og'irroq yuk moshinalarining kirishi cheklansa, yuk moshinalari shaharga kira olmaydi va bu shahardagi transport qatnovini keskin kamaytiradi.

Quyidagi qaysi ma'lumot yuqoridagi taklifning samarasiz ekanligini bildiradi.


A) Shahar tashqarisidagi yo'llarning sifati juda yaxshi.
B) Shahar tashqarisida moshina qatnovi juda kam.
C) Shaharda harakatlanadigan yuk moshinalarining juda ozginasi 8 tonnadan og'irroq.
D) Shaharda yengil moshinalar ko'pincha yuk moshinalar bilan to'qnashib ketadi

4. Guru mamlakati neft va gaz konlariga juda boy. Bu konlardan olinadigan energiya Guru aholising ehtiyojidan ham ortiqcha. Lekin Guru fuqarolari gaz va benzin tanqisligidan aziyat chekadi.


Yuqoridagi ziddiyatli holatning sababini tushuntirib beradigan gapni toping.


A) Konlardan yil davomida bir xil miqdorda neft va gaz qazib olinmaydi.
B) Guru mamlakatida odamlar elektr jihozlardan juda ko'p foydalanadilar.
C) Guru mamlakati quyosh va shamol energiyasini rivojlantirmagan.
D) Guruda ishlab chiqariladigan neft va gazning katta qismi boshqa mamlakatlarga sotiladi.

5. Avtomobil ijaraga beruvchi: ,, Biz mashinalarimizga yangi moslama o'rnatamiz. U yo'nalishni o'zbek tilida tushuntirib boradi. Bizning bu loyihamiz, ayniqsa, chet eldan kelgan va shahrimizni bilmaydigan sayyohlar uchun juda foydali bo'ladi.


Yuqoridagi rejada qanday xatolik mavjud?


A) Bu moslamani ko'plab mashinalarga o'rnatish qimmatga tushadi.
B) Shaharga keladigan sayyohlarning aksariyati o'zbek tilini bilmaydi.
C) Shaharda qog'oz xaritalar juda arzon.
D) Qurilmaning ovozi o'ta baland va bu haydovchilarni chalg'itadi.

6. Farhod:,, Pianino imtihonidan o'tish uchun kuniga 15 minutdan haftada to'rt kun shug'ullanish kerak".


Sanjar:,, Men har kuni 20 minutdan ko'proq shug'ullandim, shuning uchun imtihondan o'tishimga to'liq aminman."

Sanjar bunday fikrlash orqali qanday xatolikka yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin?


A) Imtihon topshirish, odatda, asabiy bo'ladi.
B) Cholg'u asbobini yaxshi chalishni o'rganish ko'p yil talab qiladi.
C) Yolg'iz shug'ullanish o'qituvchi bilan shug'ullanishdek samarali emas.
D) Minimum talab qilinadigan darajada shug'ullanish imtihondan o'tishni kafolatlay olmasligi mumkin.

7. Hamida ustoz: ,, Mening sinifimda 10 nafar qobiliyati pastroq o'quvchi bor. Bugun ertalab sinfimizda 7 nafar o'quvchi ko'zoynak taqib yurgandi. Demak, sinfimizda ba'zilar kontakt linza taqib yurgan bo'lishi kerak. "


Hamida ustoz bunday fikrlash orqali qanday xatollik yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin?


A) U boshqa sinfdagi o'quvchilarni hisobga olmadi.
B) U qaysi o'quvchi kontakt linza taqib yurganini aytmadi.
C) Ba'zi ko'rish qobiliyati past o'quvchilar ko'zoynak ham, kontakt linza ham taqib yurmagan bo'lishi mumkin.
D) Hozirda ko'rish qobiliyati past o'quvchilar kelajakda ko'zoynak taqib yurishga ehtiyojmand bo'lishi mumkin.

8. Diyora va Yunus maktab koridorida turibdi.


Diyora: ,, Hilola menga kurtkasini olib kelishimni iltimos qildi. Lekin men uni topa olmadim. Kurtka moviy rangda va qalpoqli edi.


Yunus: ,,Mana bu yerda moviy rangli qalpoqli kurtka bor. Bu Hilolaniki bo'lsa kerak."

Yunus bunday fikrlashda qanday xatolikka yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin?


A) Hilola boshqacha kurtkani yoqtirishi mumkin.

B) Diyora boshqa birovning kurtkasini qidirayotgan bo'lishi mumkin.


C) Moviy rangdagi qalpoqli kurtkalar bir qancha bo'lishi mumkin. .
D) Kurtka moviy bo'lsa-da, unda qalpoq bo'lmasligi mumkin.

9. Farhodda dunyodagi xoxlagan shaharni qidirib topish mumkin bo'lgan xarita bor.


🗣 Farhod: ,, Agar menga bitta shaharning nomini aytsang, uning qaysi davlatda ekanligini aytishingiz shart emas. Men uni darhol xaritadan topib olaman."


Quyidagi qaysi biri Farhodning gapi xato ekanligini ko'rsatadi?

A) Ba'zi shaharlarning nomlari o'zi joylashgan davlat nomlari bilan bir xil.


B) Ba'zi shaharlarning nomlari bir xil.
C) Ba'zi davlatlarda birorta ham shaharlar yo'q.
D) Ba'zi shaharlar nomlari o'zgargan.

10. Matematika olimpiadasida eng yuqori ball to'plagan birinchi, ikkinchi, uchinchi o'quvchilar va berilgan masalalarning kamida yarmida yechgan barchaga mukofotlar beriladi.


Samad: ,, Mening bilishimcha, bitta o'quvchi barcha masalalarning yarmini yechgan. Demak, jami to'rtta o'quvchi mukofot olgan ekan."


Quyidagi qaysi biri Samadning fikrlashidagi xatolikni ko'rsatadi?


A) Ba'zi o'quvchilar mukofotga loyiq, garchi ular masalalarning yarmini yechmagan bo'lsa ham.
B) Masalalarning yarmini yechgan o'quvchi birinchi, ikkinchi, uchinchi o'rindagi o'quvchi bo'lishi mumkin.
C) Yoshroq o'quvchilar masalalarning yarmini yecha olmasligi mumkin.
D) Biz olimpiadada qatnashgan barcha o'quvchilarning sonini bilmaymiz.
Download 16.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling