Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol (1-qism)


Download 21.96 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1148968
  1   2   3
Bog'liq
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol


Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol (1-qism)
Quyida biz odatlangan fikrlash doirasidan tashqariga chiqishga undovchi savollar keltirilgan.
Muallif: Li Vatanabi-Kroket
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishi mumkin boʻlgan savollar haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Bu kabi savollar biz odatlanib qolgan taxmin qilish va fikrlash doirasidan chekingan holda yangicha fikrlashga undaydi. Ular bizni kashfiyot, izlanishlar va katta orzularga yetaklaydi. Ular “Nima uchun?”, “Qanday qilib?” va “Agar … boʻlsa, unda …” kabi savollardan tashkil topgan.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish yoʻlida bir necha sabablarga koʻra ushbu savollardan foydalanamiz: ular dunyoqarashni kengaytirish va borliqqa boshqa nuqtadan qarashimizga koʻmak beradi. Shuningdek, bu turdagi savollar bizni tasavvurimizni kengaytirish va ich-ichimizdagi savollarga javob qidirishga undaydi .
Quyidagi 100 ta tanqidiy fikrlash savollari muayyan taʻlim yoʻnalishlari boʻyicha tasniflangan. Ulardan oʻquvchilaringiz, farzandlaringiz yoki oʻz tanqidiy fikrlash koʻnikmalaringizni shakllantirish va rivojlantirish uchun foydalanishingiz mumkin.
Matematikaga oid tanqidiy fikrlash savollari
Matematika tabiiy ravishda tanqidiy fikrlashni oʻz ichiga olgan fan sifatida tanilgan. Quyida bu qiziqarli fan boʻyicha bir nechta ajoyib savollar keltirilgan.

  1. Dunyoni yanada yaxshilash uchun matematikadan qanday foydalanishimiz mumkin?

  2. Matematika jamiyatimizga qanday foyda keltirdi?

  3. Qachon va qanday qilib matematika butun dunyo tarixida muhim rol oʻynagan?

  4. Matematikadan muloqot vositasi sifatida foydalanish mumkinmi? Qanday qilib?

  5. Hayotdagi qanday vaziyatlarda matematik formulalar muhim ahamiyatga ega?

  6. Qachon “toʻgʻri” degan javob eng yaxshi yechim boʻla olmaydi?

  7. Qanday qilib hayotdagi muammolarni hal qilishda raqam va diagrammalardan foydalanish mumkin?

  8. Matematikadan vaziyatlar va hodisalarni baholash yoki taqqoslashda qanday foydalaniladi?

  9. Biror hodisa sodir boʻlish ehtimolligi qanday aniqlanadi va xabar qilinadi?

  10. Muayyan matematik muammoni yechishda eng yaxshi strategiyani qanday aniqlash mumkin?


Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling