Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol (1-qism)


Ingliz tili yuzasidan tanqidiy fikrlash savollari


Download 21.96 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1148968
1   2   3
Bog'liq
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol

Ingliz tili yuzasidan tanqidiy fikrlash savollari
Quyida ingliz tilining odamlar oʻrtasidagi aloqa toʻsiqlarini bartaraf etayotganligi va ahamiyati toʻgʻrisida ba’zi savollar berilgan.

  1. Sizningcha, nega insonlar va millatlar oʻz tajribalari va koʻrgan-kechirganlari haqida hikoya qilishni yaxshi koʻrishadi?

  2. Asarlarni qanday xususiyatlariga koʻra “yaxshi” va “yomon” ga ajratasiz?

  3. Qanday qilib oʻz soʻzlashuv uslubingizni yaratasiz? Uni boshqa biror kishiga qanday qilib oʻrgatgan boʻlardingiz?

  4. Siz _______ (biror soʻz yoki tushuncha) ni ilgari eshitmagan odamga qanday ta’riflab berasiz?

  5. Yagona global tilga ega boʻlish bir nechta tilda soʻzlashishdan koʻra afzalmi? Nega?

  6. Boshqalarning oʻrganishi va tushunishini osonlashtirish uchun oʻz ona tilingizni qanday rivojlantirgan boʻlardingiz?

  7. Agar vafot etgan yoki hozirda hayot boʻlgan biror yozuvchidan maslahat olish imkoniyatingiz boʻlsa, u kim bo’lar edi? Undan nimani soʻragan boʻlardingiz?

  8. Biz uchun muhim boʻlmagan biror aloqa shakli bor, deb hisoblaysizmi? U qaysi? Nega u nisbatan keraksizroq, deb oʻylaysiz?

San’at borasida tanqidiy fikrlash savollari
Quyida sanʼatning tabiati, uning jamiyat uchun ahamiyati hamda undan qanday foydalanishni aniqlash uchun savollar berilgan.

  1. «Sanʼat» oʻzi nima? Nima uchun millatlar san’at rivojiga alohida e’tibor qaratishadi?

  2. Rassom tomoshabin va xaridor oldida qanday majburiyatlarga ega?

  3. Tomoshabin va xaridorlarning sanʼatkor oldida biror majburiyati bormi? Agar shunday boʻlsa, u(lar) nima(lardan iborat) ?

  4. Sanʼatga oid boʻlgan va boʻlmagan narsalarni farqlab turuvchi xususiyat nima?

  5. Ijodkorlikni oʻlchash mumkinmi? Bu sohada biror oʻlchov birligi kerakmi?

  6. Sanʼatni taʼriflovchi sevimli izohingiz bormi? Agar bor boʻlsa, nega bu ta’rifni yaxshi koʻrasiz?

  7. Nega millatlarga sanʼat va ijodkorlik kerak? Chindan ham bunga ehtiyojlari bormi?

  8. Bugungi dunyoni hech qanday san’at turisiz qanday tasavvur etgan boʻlardingiz?

  9. Hozirgi raqamli zamonda marketing ham sanʼat hisoblanadimi? Nega?

  10. Sanʼatning jamiyatga salbiy ta’siri boʻlishi mumkinmi? Agar shunday boʻlsa, qanday qilib?

  11. Sanʼatga qoʻshgan hissangiz dunyoni yanada yaxshiroq qilishiga ishonasizmi? Agar shunday boʻlsa, qanday qilib?

  12. Sizningcha, sanʼatning yakuniy nuqtasi nima? Nega bunday fikrdasiz?

  13. Agar sanʼat orqali dunyoga muhim xabarni yetkazishingiz kerak boʻlsa, sizning xabaringiz nima boʻlishi mumkin edi? Buning uchun qaysi vositani tanlaysiz? Nima uchun?


Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling