Taqdimot 402-guruh bajardi: Axmedov X tekshirdi: Boltayev B
Download 308.51 Kb.
|
Mozambik
AholisiAholisiAholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, tsonga, malavi, shona)dan iborat. Mozambikning shimoliy qismida sharqiy bantu xalqlari, janubiy qismida janubiy -sharqiy bantu xalqlari yashaydi. Yevropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til — portugal tili. Mahalliy tillardan — shimolida imakua va chinyanja, janubida chishona va shangoalan tillarida koʻproq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula.Tarixi Mozambikning eng qad. aholisi bushmenlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik Mozambikga bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida Mozambik hududida Monomotap davlati vujudga keldi. 8-asrdaarablar, 16-asr boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629-yilgi ogʻir shartli bitimdan soʻng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe boʻlib qoldi. 17—18-asrlarda Portugaliya mustamlakachilari Mozambik hududida qul savdosi bilan shugʻullandi. 1752-yildan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi yerlarida generalkapitan boshliq mustamlaka maʼmuriyati taʼsis etildi. 1909-yil Portugaliya Janubiy Afrika Itti-foqi maʼmuriyati bilan har yili Mozambik mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida konvensiya tuzdi. 1920-yil Mozambikdan kelgan afrikalik talabalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik Mozambikda Afrika assotsiatsiyasi, mozambikliklar assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilotlar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925-yil transport ishchilari va dokerlar, 1949-yil Lorensu-Markish (hozirgi Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari boʻlib oʻtdi. 1964-yil 25-sentabrda Mozambikni ozod qilish fronti - FRELIMO (1962-yilda tuzilgan) rahbarligida quroldi qoʻzgʻolon boshlandi. Portugaliya qoʻshinlariga qarshi qurolli kurash jarayonida FRELIMO oʻz armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okruglarida, 1968-yildan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973-yil oxirida mamlakat hududining ʻ/4 qismi FRELIMO nazoratiga oʻtdi. Download 308.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling