Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari - Mozambik mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta yeshdagilarga taʼlim berish milliy boshqarmasi tuzildi, muallimlar tayyorlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq taʼlimi davlat tizimi, umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Hunartexnika taʼlimi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol shahrichasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial ped. texnikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va boshqa shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. Mozambikdagi 6 ta maxsus oʻquv yurti qishloq xoʻjaligi uchun mexanizatorlar tayyorlaydi. Mazkur oʻquv yurtlari va maktablar uchun oʻqituvchilar E. Monddane nomidagi universitetda va maxsus markazlarda tayyorlanadi. Koʻpgina yoshlar chet ellarga borib oʻqib keladi.
- Maputuda E. Mondlane nomidagi universitet, pedagogika instituti, Mozambik ilmiytadqiqotlar instituti, astronomiya va meteorologiya rasadxonasi, paxta tadqiqoti instituti, sogʻliqni saqlash instituti, geol. va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Geol. xizmati kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxonasi, Nampulada industrialped. texnikumining kutubxonasi mavjud. 1980-yil Maputuda ishchilar uchun mamlakatda birinchi ommaviy kutubxona ochildi. Maputuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, Inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy sanʼat muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada Badiiy galereya bor.
Meʼmorligi, tasviriy va amaliy sanʼati. - umba togʻi yon bagʻirlaridagi suratlar Mozambik hududidagi eng qad. yodgorliklardir. Ular ohularning, yalangʻoch va kiyimli odamlarning qizil boʻyoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. Oʻrta asrlardan bir qancha shaharlarda portugal istehkomlari (Mozambik shahridagi qalʼa, Mozambik o.dagi San-Sebash-tyan qalʼasi) qolgan. Zamonaviy meʼmor A. Guyedish loyihasi asosida qurilgan murakkab tuzilishdagi turar joylar va jamoat binolari (Chikumbandagi qishloq xoʻjaligi maktabi, Inyambanedagi kottej va boshqalar) shaharlar meʼmoriy qiyofasiga oʻziga xoslik baxsh etgan. Odatda, Mozambik xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yogʻoch va chiviqlardan, toʻgʻri burchak tarhli qilib solinadi va ustidan loy bilan suvaladi, tomi 2 tomonga nishab qilib, oʻt-oʻlan bilan yopiladi. Mamlakat ichkarilarida esa uylar dumaloq, oʻrtasiga ustun oʻrnatilib, tomi konus shaklida qamish va shox-shabba bilan yopiladi. Uy devorlariga koʻpincha rangbarang boʻyoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqshlar tushiriladi. 20-asrning 2-yarmida shaharlarda yevropacha imoratlar kurila boshladi.
- Amaliy va tasviriy sanʼatida yogʻochdan erkak va ayollarning, bola koʻtargan onalarning haykalchalarini, turli shakllarni yasash, savat va bordon toʻqish, zarang idishlar yasash va ularni bezash odat boʻlgan. Oshqovoq poʻstlogʻidan idishlar qilinadi, sopol idishlarga botiq va boʻrtma naqshlar tushiriladi. Uy eshiklari, mebellar oʻymakorligi urf boʻlgan. 19-asrning 40-yillaridan milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi (birinchi rassom ayol Bertina Lopish). 50-yillarda bir guruh rassom va haykaltaroshlar voyaga yetdi (rassomlar V.G. Malangatan va A. Chissanu, haykaltarosh N. Langa, rangtasvirchi V. Mankeu, Mashaana, Mukaveli va boshqalar).
Hududiy bo'linishi E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |