- Tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. AQSH da tashqi savdo mamlakat barcha xo‘jaligining ichki bozor bilan birgalikda taksimlovchi tarmog‘i bo‘lib, uni tartibga solishni bitta mahkama-savdo vazirligi amalga oshiradi. AQSH savdo vazirligi bayonotiga ko‘ra, «AQShning bosh savdo siyosati Amerika eksporti yo‘lida turgan xorijiy to‘siqlarni bartaraf etish, ayniqsa amerikaliklar xalqaro darajada raqobatbardoshlikka ega sohalarda».
AQSH tashqi savdo siyosati strategiyasi yo‘nalishlari orasida quyidagilarni ajratish mumkin: - eksportni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, xorijiy kontraktlar uchun kurashda milliy kompaniyalar manfaatlarini himoya qilish;
- kompensatsion poshlinalar va antidemping qonunlarni faol qo‘llash;
- tashqi bozorda AQSH kompaniyalari manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash;
- eksport nazorati rejimi samaradorligini oshirish va boshqalar.
AQSH tashqi iqtisodiy aloqallari - Hozirgi vaqtda AQSH iqtisodiyotida eksport roli o‘sayapti. Uning yillik hajmi 1 trln. dollarga yaqinlashayapti. Bu mamlakat iqtisodiy o‘sishini 30 % ga ko‘payishini ta’minlaydi. Korxonalarda yuqori ish haqi bilan 12 mln. ishchi o‘rni yaratadi. Eksportni 15 % (mamlakatda o‘rtachadan yuqori) ga oshiradi.
- AQShda eksportga hamkorlik qiluvchi 100 dan ortiq markaz tuzilgan. Bu markazlar tarmog‘i jahonning 70 mamlakatida 130 tijorat xizmat vakolatxonalari bilan bog‘langan. Ularga Amerika eksportining 95 % dan ziyotrog‘i to‘g‘ri keladi.
- Eksport AQSH ichki milliy mahsulotiga nisbatan taxminan 6,7-7,2 % ni, import-7% dan ko‘proqni tashkil etadi. AQSH tashqi savdo xususiyatlari shuki, 1998 yildan tovar eksport hajmi qiymatlarda pasaya boshladi. Buning asosiy sabablari shuki, AQSH iqtisodi ko‘tarildi. Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida moliyaviy beqarorlikda neft mojoralari tufayli talab kamaydi.
- AQSH da qishloq xo‘jaligi eksportining kamayishi kuzatilayapti. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ikkita muammo bilan to‘qnash keldilar: ichki bozorda qayta ishlab chiqarish va jahon bozorida talabning qisqarishi. AQSH agrosanoat majuasi sezilarli darajada tashqi bozorga qaratilgan: u yetishtirilgan har 3 tonna g‘allaning 2 tonnasini eksport qiladi. Bularning bari AQSH savdo balansida to‘qchilikning o‘sishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |