Taqdimot mavzu: Qadimgi Sharqd xalqaro munosabatlar va diplomatiya


Download 75.74 Kb.
bet4/7
Sana03.11.2023
Hajmi75.74 Kb.
#1742162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qadimgi sharqda

Artxashastr haqida

  • Qadimgi Hind tashqi siyosat nazariyasi boyicha asosiy manba Kautilyaning Artxashastra-si xisoblanadi va xozirda uning sanasi milodiy birinchi asrlar bilan belgilanadi. Ushbu asarda davlat tuzilishi, mamuriy-xojalik boshqaruvi, sud ishlari, harbiy va diplomatik sanat boyicha malumotlar mavjud. Bundan tashqari nitishastra turidagi asarlar ham borki, ularning asosiy mazmuni podsholarga ahloqiy nasihatlar, shuningdek ichki va tashqi siyosatiga oid maslahatlardan iborat. Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlar nazariyasining asosida mandala (yani doira, odatda davlat doirasi manosida izohlanadi) konsepsiyasi yotadi.Mandala - bu tashqi siyosatga oid muayyan harakatlar va chora-tadbirlar majmuasi sifatida tasavvur qilish mumkin-ki, u yanada yirik davlatga aylanib ketish tendensiyasiga egadir. Buyuk davlatning (va oxiri kelib jahon saltanatining) barpo etilishi siyosatning oxirgi maqsadi deb xisoblangan.Dushman ustidan golib chiqishning eng muhim vositasi sifatida u va uning ittifoqchilari orasida adovatni keltirib chiqarish, raqib ittifoqchilari bilan separat (boshqalar bilan kelishilmagan, bir tomonlama) shartnomalar imzolash yoki ularga togridan-togri harbiy yordam korsatish, yani dushman mandalasini parchalab tashlash tan olingan. Mandalaning yana bir ahamiyatli xususiyatini takidlash kerak: podshoning ittifoqchilari, taxtda otirib va xokimiyatga ega bolib, oz ittifoqchilarini ham saqlab qolishgan.Mandala tushunchasi bilan bir qatorda qadimgi Hind siyosiy nazariyasida yetti xadli (azoli) davlat konsepsiyasi muhim orin egallaydi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: podshoning ozi, vazirlar, shahar-qalalar, qishloq yerlari, xazina, qoshin va ittifoqchilar. Artxashastra- da tez-tez tilga olinadigan qoshinlar yoki ittifoqchilarning tavsifida alohida tohtalish kerak, chunki davlatlararo munosabatlarga oid koplab maslahatlarning katta qismi aynan ular bilan bogliqdir. Artxashastraga binoan, ittifoqchining asosiy xususiyati - foyda keltirish. Itoatkorlik - uning eng muhim fazilatidir. Siyosat sanatini egallagan podsho, birinchi galda shartnomalarning murakkab tizimiga tayanib, yakka xokimlikka intilishi lozim. Har hil tinchlik bitimlari siyosatining eng birinchi va muhim vositasi sifatida nazarda tutilgan.Tashqi siyosatning ananaviy usullari orasida ahamiyati jihatdan ikkinchi orinda urush turadi. Urush barcha usullardan foydalanib bolgandan keyingina, oxirgi vosita sifatida korilgan. Podshoga galabalarga jangsiz erishish tavsiya qilingan, chunki tinch yol bilan boysundirish kamroq kuchni va harajatni talab qiladi.

Download 75.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling