Taqdimot nutqi tayyorlash


Download 21.98 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi21.98 Kb.
#1408657
1   2   3   4
Bog'liq
Solixova Munojat 9

6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo‘lishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog`liq bo‘ladi. Taqdimotda foydalangan so‘zlaringizga e’tibor qarating, mos bo‘lmagan hech narsaga murojaat qilmang.
Taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4.Slayd hajmi yo‘lchamlarin itanlash;
5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o‘zgarishlar kiritish;
6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushl ianimatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak;
Imidj tushunchasi reyting, obro‘, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi ko‘rinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y- harakatlar, inson axloqi va o‘zini tutishida, xarakterida, do‘stlari va o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalar dan foydalanish
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib kompaniya saytidan eng yangi ma’lumotni olish mumkin.
Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma`ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.
So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tibornni tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g’risida savol tug’iladi.

Download 21.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling