137. Kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmui nima deb ataladi?
A) Brauzer
B) Ma’lumotlar bazasi
C) Texnologiya
*D) Kompyuter tarmoqlari
138. Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar qanday turlarga bo’linadi?
A) Lokal,
B) Mintaqaviy
C) Global
*D) A.B.C to’g’ri
139. Bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq qanday nomlanadi?
*A) Lokal tarmoq
B) Mintaqaviy tarmoq
C) Global tarmoq
D) Korporativ tarmoq
140. Lokal tarmoqlarda axborot almashinish qanday amalga oshiriladi?
A) Kompyuter orqali
*B) aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali
C) Uyali telefon orqali
D) Korporativ tarmoq orqali
141. Biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq qanday nomlanadi?
A) Lokal tarmoq
*B) Mintaqaviy tarmoq
C) Global tarmoq
D) Korporativ tarmoq
142. Dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq nima deb ataladi?
A) Lokal tarmoq
B) Mintaqaviy tarmoq
*C) Global tarmoq
D) To’g’ri javob yo’q
143. Internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari (protokollari) asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muxitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog’i qanday nomlanadi?.
A) Lokal tarmoq
B) Mintaqaviy tarmoq
C) Global tarmoq
D) Intranet
144. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar dasturlar yordamida kichik bloklarga bo’linadi va bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatiladi. Bunday bloklar nima deb ataladi?
*A) Paket
B) Ma’lumot
C) Axborot
D) Tizim
Do'stlaringiz bilan baham: |