Taqdimoti mavzu: falsafaning predmeti mazmuni va jamiyatdagi ro’LI


Download 0.78 Mb.
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1793302
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shaxnoza Qulmuminova 22-08 guruh

SIRTQI BOSHLANG’ICH TA’LIM 22-08 GURUH TALABASI QULMUMINOVA SHAHNOZANING FALSAFA FANIDAN “FALSAFANING PREDMETI MAZMUNI VA JAMIYATDAGI RO’LI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

TAQDIMOTI

MAVZU: FALSAFANING PREDMETI MAZMUNI VA JAMIYATDAGI RO’LI

REJA:

1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.

2. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mif-dastlabki dunyoqarash shakli.

3. Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Fanning funksiyalari va taraqqiyotning asosiy bosqichlari.

4. Falsafa fanining predmeti, funksiyalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik.

5. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari.

Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya» atamasi yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) «falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan. Eshitilishi jozibali va extiromli ko‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl (tendensiya)dir. O‘atto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, falsafa faniga munosabat belgilaydilar. G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir. Bunday qarashlarni XIX asrdagi pozitivizm asoschisi O.Kont ilgari surgan bo‘lib, u V.V.YAnevich, V.Vindelband tomonidan rivojlantirildi. «Falsafa – deydi Vindelband, - barcha mulkini farzandlariga ulashib, shundan so‘ng qashshoq odam sifatida ko‘chaga uloqtirib tashlangan qirol Lirga o‘xshab qoldi». Afsuski, bunday g‘ayriilmiy nuqtai nazarda turgan vatandoshlarimiz ham yo‘q emas. Bunday fikrlar xatoligini, gayriilmiy ekanligini g‘oyaviy-nazariy jixatdan isbotlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. CHunki falsafa fan sifatida shakllanib, o‘z tadqiqot sohasi aniqlanganiga ancha vaqt bo‘ldi.Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling