Taqdimoti. Mavzu: VI-IX asrlar qadimiy slavyanlar
Download 0.86 Mb.
|
2 5253614583561585863
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyev shahri hozirgi Ukraina davlatining poytaxti. Shaharning nomi uning bunyodkori Kiy nomidan olingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Unversiteti Islom Tarixi yo’nalishi talabasi Ilyosxo’ja Bekmirzayev TAQDIMOTI. Mavzu: VI-IX ASRLAR QADIMIY SLAVYANLAR. Tekshirdi: Rahmatjonov R Markaziy va Sharqiy Yevropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo`lgan ulkan maydonni egallagan. VII asrda slavyan xalqlari g`arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo`linib ketganlar. Chexlar, polyaklar va slovaklar g`arbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar. Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo`lmagan. Bungacha ular urug`chilik tuzumida yashaganlar. Yer qishloq yoki urug`chilik jamoasining mulki bo`lgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar vecheda. ko`rib chiqilgan. Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo`linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu g`alaba unga Shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan. Kiyev shahri hozirgi Ukraina davlatining poytaxti. Shaharning nomi uning bunyodkori Kiy nomidan olingan.
Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslarning umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saqlanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida „o" va „u" harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki „Rus tili". Knyazlar o`z davlati chegaralari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi ko`chmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronligi davridan boshlab (964 - 972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga to`siq bo`lib turgan Volga Bolgariyasi va Xazar podsholiklarini mag`lubiyatga uchratgan. Vladimir Monamax 1113- yilda Kiyevning Buyuk knyazi taxtini egalladi. U Kiyevning Buyuk knyazi -bobosi Yaroslav Mudriy vafotidan so`ng (1054- yil) mamlakatda boshlanib ketgan o`zaro ichki urushlarni bartaraf etishga muvaffaq bo`ldi. Ayni paytda Rusga tobora katta xavf solayotgan yangi dushman-qipchoqlarga qarshi kurashish ham zarur edi. Bu maqsad yo`lida u barcha rus knyazliklarini birlashtirdi. Birlashgan Rus qipchoqlarni tor-mor etdi. Vladimir Monamax 1125- yilda vafot etdi. Vladimir Monamax Kiyev Rus davlatining so`nggi Buyuk knyazi edi. Uning vafotidan so`ng Rusda ham feodal tarqoqlik boshlandi. Kiyev Rus davlati o`ndan ortiq mustaqil knyazliklarga bo`linib ketdi. Davlat tashkil topishi bilan feodal votchina lar qaror topa boshlagan. Votchina urug`-qabila zodagonlarining yerga o`z huquqlarini zo`rlik bilan qaror toptirishlari asosida vujudga kelgan. Bosib olingan yerlarni ham ular egallab olardilar. Kiyev Rusida boyarlar deb ataluvchi tabaqaning nufuzi katta edi. U mol-mulkini meros qilib qoldirish huquqiga ega bo`lgan. Knyaz, boyarlar va drujinachilar eng katta yer egalari edilar. Votchinalar o`ziga xos mitti „davlatlar" edi. Yuqorida nomlari qayd etilgan hukmron tabaqalarning qasrlari esa bu mitti „davlatlar"ning o`ziga xos „poytaxtlari" hisoblanardi. Votchina o`z tarkibiga „fuqarolar" deb ataluvchi jamoachi dehqonlarni; harbiy xizmat o`tashga majbur kishilar - qaram dehqonlarni; zakuplarni, tiun va ryadovichlami, xizmatkorlarni, drujinachi askarlarni biriktirgan. Davlat jamiyatdagi mavjud tartibni mustahkamlash choralarini ko`rgan. Shu maqsadda 1072- yilda Kiyev Rusi knyazining yangi qonuni qabul qilingan. Bu qonun tarixga „Russkaya Pravda" nomi bilan kirgan. „Russkaya Pravda" knyaz amaldorlarining manfaatini himoya qilgan. Masalan, qonunda boshqaruvchini o`ldirganlik uchun 80 bosh ho`kiz yoki 400 bosh qo`y to`lash jarimasi belgilangan. Bunday jarima butun bir qishloqni xonavayron etar yoki barcha dehqonlarni knyazga butunlay qaram qilib qo`yar edi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
TAYYORLADI: Ergashev Murod Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling