Taqdimoti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


Download 61.44 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi61.44 Kb.
#1558461
Bog'liq
Yoshlar manaviyatining shakllanishida kino sanatining tutgan orni

TAQDIMOTI

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Maktabgacha talim yo‘nalishi
1-bosqich 2-guruh talabasi
Ma`naviyatshunoslik fanidan
Xidirova Layloning
Mavzu: Yoshlar ma'naviyatining shakllanishida kino sa'natining tutgan oʻrni

Mavzu: Yoshlar ma'naviyatining shakllanishida kino sa'natining tutgan oʻrni


Reja:
1. KINO VA YOSHLAR.
2. Kino va seriallarning o‘rni, ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati

KINO VA YOSHLAR


San’at insonni tarbiyalaydimi? Uning shaxs tarbiyasiga dahldorligi bormi? Bu kabi savollarga har qadamda duch kelmoqdamiz. Hattoki, “to‘g‘ri berilgan o‘n besh, yigirma yillik tarbiya bir-ikki soatlik tomosha bilan buzilmaydi”, degan tushunchani ilgari surayotgan toifalar ham shakllanmoqda.
San’atning ham xuddi fizik qonun singari qonuni,
geografik teorema singari teoremasi bor. U ham insondagi eng ezgu xislatlarni tarbiyalamog‘i, yovuzlikka bo‘lgan nafratini uyg‘otmog‘i, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini shakllantirmog‘i darkor.
Shunday ekan, barcha san’at turlarining sintezi bo‘lgan kino bundan mustasno emas.

KINO VA YOSHLAR


Ayni paytda kino qurol, qurol bo‘lganda ham
dahshatli qurol. Chunki, bugun globallashib borayotgan bir davrda ma’naviyatga, milliy mafkuraga tahdid soniya sayin ortib bormoqda. Dahshatlisi, ular o‘zlarining qabih
g‘oyalarini kinoda silliq qilib, astalik va ustalik bilan, seriallarda esa mayda-maydalab jamiyat ongiga singdirib yuborishyapti. Bu go‘yoki, insonga asta-sekin tasir qiladigan
og‘uni zarralarga bo‘lib berganday gap. Bu “zarra”larning salbiy tasiri allaqachon u yoki, bu shaklda jamiyatimiz orasida namoyon bo‘lmoqda. Fojia shundaki, bir bizning
millatimiz emas, balki butun insoniyat uchun isnod bo‘lgan illatlarning keng quloch yoyib, unga oddiy hol singari qaralayotganidir.

KINO VA YOSHLAR


Ayni paytda kino qurol, qurol bo‘lganda ham
dahshatli qurol. Chunki, bugun globallashib borayotgan bir davrda ma’naviyatga, milliy mafkuraga tahdid soniya sayin ortib bormoqda. Dahshatlisi, ular o‘zlarining qabih g‘oyalarini kinoda silliq qilib, astalik va ustalik bilan, seriallarda esa mayda-maydalab jamiyat ongiga singdirib yuborishyapti. Bu go‘yoki, insonga asta-sekin tasir qiladigan og‘uni zarralarga bo‘lib berganday gap. Bu “zarra”larning salbiy tasiri allaqachon u yoki, bu shaklda jamiyatimiz orasida namoyon bo‘lmoqda. Fojia shundaki, bir bizning millatimiz emas, balki butun insoniyat uchun isnod bo‘lgan illatlarning keng quloch yoyib, unga oddiy hol singari qaralayotganidir. Negaki, biz har kuni bunga o‘xshash o‘nlab voqealarni ijtimoiy tarmoqlarda, turk va xorij filmlari, seriallarida ko‘raverib hech qanday hadiksiz hazm qilib yuboradigan darajaga kelib qoldik.

KINO VA YOSHLAR


Tarixdan ma’lumki, ko‘pchilikning dardi shaxsga ko‘chib, qahramonlar paydo bo‘lgan va ular haqida umrboqiy filmlar ishlangan. Bunga Melis Afzalovning “Suyunchi”, Bahodir Odilovning, “Qarzdor”, Jahongir Qosimovning, “Suv yoqalab” singari filmlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu filmlardagi qahramonlarning barhayotligi ular o‘zining emas, o‘zgalarning dardi bilan yashaganligida..

Kino va seriallarning o‘rni, ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati


Bugun ba’zi bir serial va filmlarimizning oqsab qolayotgani ham, ijrodagi holat va talqin yetishmayotgani ham qahramon xarakterini puxta o‘rganmaslik, shunchaki “Xo‘ja ko‘rsin”ga yondashilayotganining mevasidir. Bunday kinolar har bir insonni nima uchun yashayotganligi to‘g‘risida, umuminsoniy fazilatlar haqida chuqurroq
mulohazaga chorlaydi. Agarda, tomoshabin to‘g‘ri xulosa chiqara olsa, kundalik tashvishlar bilan o‘ralashib, hayotning ushog‘iga aylanib, yo‘q bo‘lib ketmaslikka,
yuqoriroq cho‘qqilarni, oliy maqsadlarni ko‘zlab yashashga undaydi.

Kino va seriallarning o‘rni, ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati


Keyingi 10 yillikda milliy Kino sanʼati rivojida keskin burilish davri boʻldi. Qiziqarli filmlar yaratgan M. Abzalov, 3. Musoqov, Yu. Sobitov kabi rej. larning filmlari zamon muammolari, yoshlar hayotining eng ogʻriq jabhalariga qaratildi, uslublar xilma-xilligi taʼminlandi.
"Tongga qadar" (Yu. Azimov), "Ajdodlar ovozi" (F. Shermuhamedov), "Ketma" (J. Ishoqov, R. Saʼdullayev), "Sevgi qurbonlari" (A. Ismoilov) kabi filmlar eʼtiborga molikdir. 1996-yil milliy kino uchun yangi muhim sana nuqtasi boʻldi.

Kino va seriallarning o‘rni, ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati


Hozirgi kunda kinoning ijtimoiy nufoʻzi oshdi, mavzu doirasi kengaydi, mahalliy yozuvchilar asarlarining koʻpayishi koʻzga tashlanadi. Folklor, tarixiy, zamonaviy va falsafiy mavzular qayta ishlab chiqildi. "Ayollar saltanati" (Yu. Roziqov), "Chayongul" (S. Nazarmuhamedov), "Parimomo" (M. Rajabov), "Oyijon" (Z. Musoqov) va boshqa keyingi yillarning eng yaxshi filmlaridir.

XULOSA


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o'quvchining xulq atvorini juda ko'p psixolog olimlar tomonidan yoritilganligiga qaramasdan, bu muammoning fanda hali ishlanmagan muayyan qirralari mavjuddir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq atvori shakllanishida tashqi muhitning ta'siri haqidagi mavjud qarashlar , nazariyalar va yo'nalishlar tahlili bu muammoni davr uchun dolzarb ekanligini dalillab berdi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning nafaqat xulq atvori balki bilish jarayonlari o'ziga xos ravishda rivojlangan.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o'qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi , uning psixologik rivojlanishi va xulq atvoridagi o'rni nihoyatda katta. Bu davrda axloqiy xatti harakat qoidalari o'zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo'nalishi tarkib topa boshlaydi.
Download 61.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling