Taqdimoti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


Individuallik tushunchasi


Download 151.36 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi151.36 Kb.
#1027476
1   2   3
Bog'liq
Individ, shaxs, individuallik2

Individuallik tushunchasi


Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Shaxsning eng muhim jihat – bu uning individualligidir..

Individuallik tushunchalari


Individuallik muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qoʻyiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan..

Individuallik tushunchasi


Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bogʻliq fikr-mulohazalar nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir.

Individuallik tushunchasi


Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo’ladigan o’ziga xos sifatlari hisoblanadi. Individuallik alohida holda olinganda insonning aniq xatti-harakati, malakasi, layoqati, odat va ko’nikmalarini ifoda etadi. Unda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farqlanadi. Uning tarkibiga xarakter, temperament, iroda, iqtidor, qobiliyat va shu kabilar kirib, ular takrorlanmasdir. Ya’ni bir odamga xos bo’lgan iqtidor, qobiliyat, emotsiya, mimika, xarakterlar boshqa bir odamda aynan uchramaydi. Shu sababdan ham ular individualdir.

Download 151.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling