Taqdimoti tadbirkorlik faoliyati va shakllari Reja : 3 Tadbirkorlik faoliyati Tadbirkorlik shakllari Tadbirkorlik turlari


Download 100.42 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi100.42 Kb.
#1210829
Bog'liq
tadbirkorlik shakllari


TOSHKENT MOLIYA
INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI ,,MOLIYA VA
MOLIYAVIY TEXNALOGIYALAR
’’YO’NALISHI SIRTQI 2 – KURS 1 - GURUH
TALABASI
ABDULHAMIDOV RO’ZIMUHAMMADNING
MIKROIQTISODIYOT - MAKROIQTISODIYOT
FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Tadbirkorlik faoliyati va shakllari
Reja :
1
2
3
Tadbirkorlik faoliyati 
Tadbirkorlik shakllari
Tadbirkorlik turlari
."Tadbirkor" soʻzi fransuz tilidan olingan bo’lib bu soʻz birinchi marta Jak De Bruslon tomonidan tuzilgan va 1723-yilda nashr etilgan.
Tadbirkorlik – o’z tavakkalchiligi asosida mulkka egalik qilish , tovarlarni sotish yoki xizmat ko’rsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi .
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tadbirkorning o’zi tomonidan yoki tashqaridan jalb qilingan mulklar ya’ni nomoddiy aktivlari va mehnat resurslari ham qo’llanilishi mumkin.Sarflangan mablag’lar o’zini qoplashiga ishlab chiqarilgan narsa foyda bilan sotilishiga kafolat yo’q.Bu mulkni to’liq yoki bir qismini yo’qotish xavfi bilan bog’liq.
Tadbirkorlikning shakllanishi iqtisodiy va ijtimoiy sharoit bilan chambarchas bog’liq.
Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin turadi.Ijtimoiy sharoit avvalo xaridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy sharoitlar
  • Haridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi
  • Ijtimoiy – madaniy muhitga bog’liq bo’lgan ahloqiy va diniy me’yorlar
  • Shaxsning ishga bo’lgan munosabati , biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga , mehnat sharoitiga bo’lgan munosabati
  • Hodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash , malakasini oshirish

Tadbirkorlikni shakllantiruvchi bosqichlar:
1.Tadbirkorlik g’oyasini yaratish;
2.g’oyaning birinchi ekspert bahosi;
3.Bozor ma’lumotlarini olish (narx,talab,taklif) ;
4.Tadbirkorlikni amalga oshirish uchun xarajatlarini hisoblash;
5.Bozor ma’lumotlari va xarajatlarini ekspert hisoblash;
6.Tadbirkorlik qarorini qabul qilish , amalga oshirish uchun tayyorlanish.
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining shart - sharoitlari
-Xo’jalik yuritishda va iqtisodiy faoliyatlarda huquq va erkinliklarga ega bo’lish;
-Ishlab chiqarish vositalariga , ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo’lishi;
-Xo’jalik faoliyati erkinligini tanlash , daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real taminlaydigan iqtisodiy muhit va ijtimoiy – siyosiy sharoitlar;
-Erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o’zlashtirishning turli – tuman shakllari va turlari mavjudligi;
-Iqtisodiy ma’lumot va malaka , soliq imtiyozlari, tijorat qonunchiligi ham tadbirkorlik rivojlanishining shart – sharoitlari.
Tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjud
-xususiy tadbirkorlik – jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalda o’zining shaxsiy mulki asosida tashkil qilinadi.
-jamoa tadbirkorligi – fuqarolar guruhining jamlanma mulki asosida tashkil qilinadi.
-aralash tadbirkorlik – biitta yoki bir nechta yuidik shaxs va bir nechta jismoniy shaxslar mulkini birlashtirsh asosida tashkil qilinadi.
-qo’shma tadbirkorlik – ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi.
-shartnomaviy tadbirkorlik – mulk egasi bo’lmagan korxona raxbari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan tadbirkorlarga quyidagilar kafolatlanadi :
  • fuqarolarning va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish korxona bunyod etish va buning uchun zaruriy mulk sotib olish huquqlari;
  • Amaldagi qonunchilik va shartnomalar asosida barcha tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • Tadbirkorlik faoliyatining imiy – texnikaviy va huquqiy jihatdan qo’llab quvvatlanishi;
  • Tadbirkorlik xavf – xatari va tavakkalchiligini sug’urta qilish;

Tadbirkorlikning asosiy vazifalari
-tadbirkor iqtisodiy resurslarni o’zaro birlashtiradi;
-tadbirkor korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi;
-tadbirkor innovator va tashshabuskor shaxsdir;
Barcha ko’rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi.
1.Faoliyat turi
2.Mulkchilik shakli
3.Mulkdorlar soni
4.Tashkiliy iqtisodiy shakllari
5.Yollanma mehnatdan foydalanish darajasi
Va boshqalar
Mulkchilik shakli boyicha korxona mulki xususiy,davlat ,munitsipal bo’lishi shuningdek , jamoa birlashmalari ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda , mulkni xususiy,davlat ,munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qat’iy nazar turli cheklamalarga yoki imtiyozlarga davlat tomonidan ko’rsatma berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Mulkdorlar soni bo’yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo’ladi.Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo’ladi.Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir nechta subyektlarga tegishli bo’lib , ularning mulkka egalik qilish hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo’ladi.Bunday holatda mulkka egalik undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlikni shakllari bo’yicha tashkiliy – huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga bo’lish mumkin.Tashkiliy – huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar ,jamiyatlar,koperativlar kiradi.
Shirkatlar – tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir.Shirkatlar korxonani tashkil etishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Download 100.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling