Taqdimoti


Download 1.06 Mb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#211772
1   2   3   4
Bog'liq
Gulmanova

Oriyentatsion kuch – qutbli (polyar) molekulaning doimiy dipol momentiga ega bo‘lishi, ya’ni molekulalar dipollarining qarama-qarshi tomoni bilan bir-birini elektrostatik tortib turishi dipol-dipol yoki oriyentatsion ta’sir kuchlari deyiladi. Polyar molekulalar hamisha o‘zaro ta’sir etadi (rasm). Ular bir-biriga nisbatan qarama-qarshi qutblari bilan joylashishga intiladi.

Dipollik qancha kuchli bo‘lsa, oriyentatsiya shuncha oson boiadi. Faqat qutbli zarrachalar orasida sodir boiadi. Masalan, H20 , NH3, spirtlar, karbon va aminokislotalarda bo‘ladi. Oriyentatsion kuch ayni moddaning qutblanuvchanligiga va molekulalararo masofaga teskari proporsional bo‘ladi. Harorat ko'tarilganda oriyentatsion kuch kamayadi. Keezom 1921-yilda oriyentatsion kuch energiyasini hisoblash uchun quyidagi formulani taklif qildi:

bu yerda; µ- molekulaning dipol momenti: Uo`rt-oriyentasion ta’sir energiyasi: N-Avogadro soni; k-Bolsman konstantasi; T-absolyut temperatura; r- markazlararo masofa.

Oriyentatsion ta’sir energiyasi katta dipol momentli moddalar suv, ammiak orasida kuchli namoyon bo‘lib, ba’zi modda, masalan uglerod (II) oksidi orasida kuchsiz namoyon bo‘ladi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling