Taqdimotlar yaratish


Download 0.61 Mb.
bet1/10
Sana08.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#253444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot. Taqdimot yaratish.

Taqdimotlar yaratish.



Reja:
1. PowerPoint grafika redaktori to‘g’risida umumiy ma’lumot

2. PowerPoint dasturining menyular satri.

3. Slayda rasmlar joylashtirish. PowerPoint da matnlarni kiritish.

4. Animatsiyali slaydlar tayyorlash. Namunalar bilan ishlash.

5. Taqdimot slaydlarini san’atkorona jihozlash.

6. PowerPoint ning boshqa amaliy dasturlar bilan uzaro aloqasi.
Tayanch tushunchalar: taqdimot, powerpoint, slayd, kadr, animatsiya, grafika redaktori, konstruktor, shablon, video o’tish.

Adabiyotlar: [1],[2],[4],[7],[8],[10],[12]
Reja:
Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo‘lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.

Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi.

Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, o‘z ichiga matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.

Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo‘ljallangan materiallar.

Dizayn qolipi - professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, bo‘yoqlar, jilolar, tovushlar namunasi bo‘lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan.

Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to‘plam bo‘lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.

Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.

Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni kullab ma’ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, qog’ozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarqatish uchun ma’ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.



Faraz qilaylik, bizning firmamiz o‘z mahsulotlarini buyurtmalarga tavsiya etmoqchi. Albatta buning uchun mahsulotingiz to‘g’risida qiziqarli gaplar aytishimiz kerak bo‘ladi, ya’ni ko‘pdan beri bozorda ishlayotganimiz ichki va tashki firmalar bilan aloqa qilayotganimiz: ishlarimizning rivojlanishi to‘g’risida va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, biz ishonchli va salmoqli sherik ekanimiz, ish jarayonida biz va buyurtmachilar orasida hech qanday muammolar yuzaga kelmasligi to‘g’risida auditoriyada ishonch hosil bo‘lishi kerak.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling