Taqqoslamalar va ularning xossalari. Reja
Download 165.49 Kb.
|
N a t i j a: Taqqoslamada qatnashuvchi qo`shiluvchini o`zi bilan teng qoldiqli bo`lgan ikinchi songa almashtirish mumkin. Haqiqatan a + b ≡ c ( mod m ),
b ≡ d( mod m ), bo`lsa, u holda a + d ≡ c ( mod m ) bo`ladi. Taqqoslamani darajaga nisbstan qo`llash mumkin emas. Masalan, 3≡8(mod 5) uchun 23 ≡ 28 (mod 5) bo`ladi. Chunki 23 ≡ 3 (mod 5) va 28 ≡ 1 (mod 5), ammo 1≡ 3 (mod 5). 7°. Taqqoslamaning ikkala qismini modul bilan o`zaro tub bo`lgan ko`paytuvchiga qisqartirish mumkin. ad ≡ bd (mod m ) (11) bo`lib, (d; m) = 1 bo`lsin. (11) taqqoslama (ad - bd)/m munosabatga teng kuchli. U holda (a - b)d/m dan (d; m) = 1 bo`lgani (a - b)/m yoki a ≡ b (mod m ) bo`ladi. Agar ( m; d) = k bo`lib, k >1 bo`lsa, u holda bu xossa o`rinli emas. M i s o l. 5·4 ≡ 7·5 ( mod 15), (5; 15) = 5 ≠ 1 bo`lgani uchun bu taqqoslamaning xar ikkala tamonini 5 ga bo`lib, 4 ≡ 7 ( mod 15), (5; 15) = 5 ≠ 1 bo`lgani uchun bu taqqoslamaning xar ikkala tomonini 5 ga bo`lib, 4 ≡ 7 (mod 5) xulosaga kelamiz. 8°. Taqqoslamaning ikkala qismini va mo`dulini bir xil butun musbat songa ko`paytirsh, taqqoslamaning ikkala qismi va modul umumiy ko`paytuvchiga ega bo`lsa, u holda bu taqqoslamaning ikkala qismi va mo`dulini umumiy ko`paytuvchiga bo`lish mumkin. I s b o t i. a) a ≡ b (mod m ) taqqoslama berilgan bo`lsin. a ≡ b + mt tenglikning ikkala qismini d butun songa ko`paytirsak, ad ≡ bd + mdt yoki ad ≡ bd (mod md ) taqqoslama hosil bo`ladi. b) ad ≡ bd (mod md ) berilgan bo`lsin. U holda bu taqqoslamani (ad - bd)/md yoki (a - b)d /md kabi yozishimiz mumkin. Bundan a – b/m, ya’ni a ≡ b(mod m ) taqqoslama kelib chiqadi. 9°. Agar taqqoslama bir necha mo`dul bo`yicha o`rinli bo`lsa, u holda bu taqqoslama shu mo`dullarning eng kichik umumiy karralisi bo`yicha ham o`rinli bo`ladi. Download 165.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling