Taqriz mavzuning dolzarbligi


Download 16.64 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.64 Kb.
#1571368
Bog'liq
Tashqi taqriz F.Tillaboyeva


Farg‘ona politexnika instituti 70730401 - “Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji” mutaxassisligi magistranti Tillaboyeva Farangiz Shavkatjon qizining “Quyosh energiya manbalaridan foydalanib markazlashtirilgan issiq suv tizimlarini tadqiq qilish” mavzusidagi magistrlik dissertasiyasiga
TAQRIZ
1.Mavzuning dolzarbligi.
Muqobil energiyaning dunyodagi eng mashhur va ko‘p qirrali turlaridan biri quyosh kollektorlari bo‘lib, ular orqali energiya tashuvchilar uchun tariflarning bugungi dinamik o‘sishi bilan deyarli har qanday ob‘ektni issiq suv ta‘minoti va issiqlik ta‘minoti masalasini quyosh ta‘siridan maqsadli, mulkchilik va hajm bo‘yicha hal qilish dolzarbroqdir. Bugungi kunda dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishining hozirgi bosqichida energiyaga bo’lgan talabning ortishi, energiya narxlarining doimiy oshib borishi, shuningdek yoqilg‘i-energetik resurslarining kamayishi va atrof-muhit havosining ifloslanishi tufayli qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng joriy etish va ulardan foydalanish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda quyosh energiya manbalaridan foydalanib markazlashtirilgan issiq suv tizimlari samaradorligini oshirish ham dolzarb vazifalardan biri hisoblanmoqda.
2. Dissertatsiya tadqiqotining vazifalari.
1. Farg‘ona hududi uchun quyosh radiatsiyasi intensivligini o’rganish.
2.Quyoshli suv isitgich kollektorlari va ularning ishlash prinsiplarini o‘rganish.
3. Quyosh suvli kollektorlarni markaziy suv isitish tizimida tadbiq etish.
4. Quyoshli suv isitgichlarni ishchi yuzalarini tanlash va tavsiyalar ishlab chiqish.
3. Dissertatsiyaning maqsadi.
An‘anaviy bo‘lmagan va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, markazlashtirilgan issiq suv tizimlarida birgalikda ishlashini jamoat binolariga tadbiq qilish.
4. Dissertatsiya mazmuni va uning tugallanganlik darajasi.
Dissertatsiya mazmuni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida yoritilgan, mohiyati to‘liq ochib berilgan, hamda mantiqan yakunlangan.
5. Materialni bayon etish tili va uslubi.
Dissertatsiya sodda, ravon va tushunarli tilda bayon etilgan. Tushintiruv yozuvi, grafik ma‘lumotlar talab darajasida yoritilgan.

Kamchiliklar:


Dissertasiya ishida zamonaviy quyosh suv issitkich kollektorlarining quyoshli issiq mavsumlari haqidagi tavsiflar keltirilgan, lekin oyning bulutli va quyoshsiz davrlaridagi samaradorligini aniqlash yo‘llari keltirilmagan.
6. Dissertatsiyaning magistrlik dissertasiyalariga qo‘yilgan talablarga javob bera olishi.
Magistrlik dissertasiyasi mantiqiy yakunlangan bo‘lib, uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan me‘yori talablarga to‘g‘ri keladi. Dissertatsiyani Davlat Attestatsiya kommisiyasida himoya etishga tavsiya etaman.

Taqrizchi: Abbosov Alisher Sulaymonovich


Ish joyi: “Storoy Montaj” MCHJ
Lavozimi: Bosh direktor
Download 16.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling