Taqriz “Yo’l qurilish materiallari”


Download 17.4 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.4 Kb.
#1614862
Bog'liq
TAQRIZ


TAQRIZ

Yo’l qurilish materiallari” fanidan ishchi dasturi 2021-yil 4-sentabrda tasdiqlangan namunaviy o'quv reja, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4- sentabrdagi 465-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Yo’l qurilish materiallari” fani namunaviy dasturi asosida Qo'qon avtomobil va yo'llari texnikumining maxsus fanlar kafedrasida ishlab chiqilgan.


Bugungi kunda yirik sanoat korxonalari, turli muhandislik inshoatlari, xususan, avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, jahon standartlari talabiga mos holda bunyod etish uchun Avtomobil yo’llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo’llarini o’rganishga bo'lgan talabni kuchaytiradi. Ushbu ishchi dasturda ta'lim oluvchilarni avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, ularning qo'llanilish sohalari, ulardan foydalanish masalalarini hal qilishda muhim o’rin tutadi. Professional ta'lim yo'nalishida ta'lim oluvchilarni yo’l qurilishi bo’yicha avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlarni qurish, saqlash ishlari bo’yicha dastlabki bilim, ko’nikmalarni shakllantirish maqsad qilib qo'yilgan.
Ushbu ishchi dasturi ta'lim oluvchilarda rejada ko'rsatilgan 90 soat davomida
malaka talabida belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish, avtomobil yo'llari va
aerodromlar qurishda, foydalanishda, ta'mirlashda zarur bilim, ko’nikmalarni shakllantirishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan.
Ishchi dasturda o'quvchilar o’quv fanini o'tgach quyidagi: avtomobil yo’llarini qurishda qurilish materiallari va buyumlarining o’rni va ahamiyati, tog` jinslarining kelib chiqishi bo’yicha turlari va ulardan olinadigan tabiiy tosh materiallari, yo’l qurlish materiallarining fizik xossalari, mineral bog`lovchi moddalarning turlari, stementbetonning xossalari, beton uchun qo’llaniladigan materiallar, qurilish qorishmalari haqida tasavvurga ega bo’lishi avtomobil yo’llarini qurishda yo’l qurish materiallari va buyumlarning o’rni va ahamiyati, yo’l qurish materiallarining tarkibi va tuzilishi va asosiy xossalari, tog` jinslarining kelib chiqishi bo’yicha turlari va ulardan olinadigan tabiiy va sun’iy tosh materiallari, mineral bog`lovchi materiallar va ularning qurilish xossalari, portlant stementning tarkibi, xossalari, turlari va olinish texnologiyasi, qurilish qorishmalari, Temirbeton. Temirbiton mahsulotlari, organik bog`lovchi materiallar, bitumli yo’l emultsiyalari. Mastika va germetiklar, asfaltobeton. Asfaltobeton tayyorlash uchun materiallar va ularga bo’lgan talablar, yog`och materiallar. Qurilishda ishlatiladigan bo’yoq va laklar, polemer materiallar, metall materiallar va mahsulotlar bo’yicha bilim, ko'nikmalariga ega bo'lishlari ko'rsatib o'tilgan.
O’quv fanini o’zlashtirish uchun o'quvchi geologiya va gruntshunoslik, avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar qurilishi, geodeziya asoslari, avtomobil yo’llarida qidiruv va loyihalash fanlaridan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari talab etiladi.
Ishchi dasturda keltirilgan ma'lumotlar amaldagi normativ huquqiy hujjatlar:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.09.2019 yildagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi, PF-5812-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 7 avgustda "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 466-sonli qarori, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 4 sentabrda “Professional ta'lim muassasalari uchun o'qitish materiallari to'plamlarini yaratishni tashkil etish to'g'risida”gi 465-son buyrug’iga, malaka talablariga mos holda bayon etilgan. Shuningdek, o'quv fani bo'limlari va mavzularini o'qitish ketma-ketligi ochib berilgan, o’qitish jaroyonida innovatsion yondashuvga asoslanib o’quvchilarga topshiriqlar berishda “Aqliy hujum”, "Boshqotirmalar usuli", "Idrok xaritasi", “Qanday?”diagrammasi, “Mashq” usuli kabi innavatsion usullaridan mavzuga mos holda o'rinli foydalanilgan.
Ushbu ishchi dastur Qo’qon avtomobil va yo'llar texnikumining 5.54.06.01.-“Avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar qurilishi” kasbi o'quv guruhlarida “Yo’l qurilish materiallari” fanidan o'quv mashg'ulotlarini tashkillashtirish va yillik taqvimiy-mavzu ish rejasini ishlab chiqishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.


Farg'ona yo'llardan muntazam
foydalanish unitar korxonasi rahbari: B.Raxmonov
Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling