Taqrizchi: Umumiy fizika kafedrasi dotsenti: I. Jabborov
Download 79.71 Kb.
|
Taqriz Jamshid
M U L O H A Z A L A R
Hozirda ma’lumki intensiv geomagnit bo'ronlarning hosil bo’lishiga asosiy ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil, quyosh chaqnashlari emas, balki koronal massa tashlanmalari (KMT)dir. KMTlar Yerda kosmik ob-havo ta'sirining asosiy manbai bo'lib, bu hodisalarni tushunish texnologik sohada ishlaydigan har qanday yo’nalish uchun, xususan, yuqori balandliklarda yoki kosmik texnologiyalarda ishlaydiganlar uchun juda muhimdir. Yerga yo’nalgan KMTlarning Yer magnetosferasi bilan to’qnashishi natijasida hosil bo’ladigan geomagnit bo’ronlar natijalarini tahlil qilish va aniqlash muhim hisoblanadi. Shu nuqtai-nazarga qaraganda bitiruvchi J. Sovurovning “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi shu yo’nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning davomi bo’ladi deb hisoblash mumkin. Bitiruvchi ushbu malakaviy bitiruv ishni bajarishda oldiga qo’yilgan maqsadlar quyosh koronasidan qisqa vaqt ichida bir necha KMTlarni qayd qilish, ularning sayyoralararo muhitda harakati, o’zaro ta’sirlashgan ikki yoki undan ortiq KMTlarning Yerga qarab yo’nalgan vaqtda yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan geomagnit bo’ronlarning natijalarini tahlil qilish va olingan natijalar yuzasidan ilmiy xulosalar keltirishdan iborat va u bu qo’yilgan maqsadga erishdi. J. Sovurov malakaviy bitiruv ishi ustida ishlash vaqtida o’zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi, ilmga chanqoqligi kabi shaxsiy sifatlarga ega ekanligini namoyon qilishga harakat qildi. Malakaviy bitiruv ishida ba’zi juz’iy kamchiliklar uchraydi. Ba’zi sahifalardagi grammatik xatolar, ayrim suratlardagi noaniqliklar shular jumlasidandir. Biroq bu xatolar malakaviy bitiruv ishining umumiy sifatiga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi. J. Sovurovning “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari oldiga qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman. Download 79.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling