Taqrizchi: Umumiy fizika kafedrasi dotsenti: I. Jabborov


Download 79.71 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi79.71 Kb.
#1629733
1   2   3
Bog'liq
Taqriz Jamshid

Ilmiy rahbar:
Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi
assistenti: Z. Mirtoshev
Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti 5140400-Astronomiya yo’nalishi bitiruvchisi Sovurov Jamshidning “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga
T A Q R I Z
Quyosh dog’lari faolligi kosmik ob-havoning asosiy hal qiluvchi omili hisoblanadi. Quyosh faolligining o’zgarishlari quyosh faolligining barcha xususiyatlarida, masalan quyosh dog’lari soni, quyosh chaqnashlari, protuberanetslar, koronal massa tashlanmalari (KMT) va hokazolar yordamida topilgan. KMTlar aynan Yerda yuz beradigan geomagnit bo’ronlarning asosiy manbasidir va ularning tadqiqoti juda muhim hisoblanadi.
J. Sovurov “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishida sayyoralararo fazoda o’zaro ta’sirlashuvchi KMTlarni geomagnit xususiyatlarini o’rgangan va ularning Yerda kuzatilgan effektlarini tahlil qilgan. Bitiruv ishi Quyosh koronasidan qisqa vaqt ichida bir necha KMTlarni qayd qilish, ularning sayyoralararo muhitda geliosferik evolyutsyasini tushunish, o’zaro ta’sirlashgan ikki yoki undan ortiq KMTlarning Yerga qarab yo’nalgan vaqtda yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan geomagnit bo’ronlarning natijalarini tahlil qilish va mexanizmlarini o’rganishga bag’ishlangan. Malakaviy bitiruv ishida Yerga yo’nalgan KMTlarning Yer magnetosferasi bilan to’qnashishi natijasida hosil bo’ladigan geomagnit bo’ronlar natijalarini tahlil qilish va aniqlash ishning asosiy predmetini tashkil qilgan va olingan ilmiy natijalar yuzasidan xulosalar keltirilgan.
Malakaviy bitiruv ishi kirish, 3 ta bob, 7 paragraf, 26 rasm, 2 ta jadvallar hamda xulosa qismi va mundarijani o’z ichiga olgan 68 sahifadan iborat tugallangan ishdir.
Bitiruv ishida ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Ba’zi sahifalarda ingliz tilidan tarjimasiz so’zlar va grafiklar kiritilgan. Albatta, ushbu kamchiliklar bitiruv ishining umumiy mohiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
J. Sovurovning “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari oldiga qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi va uni himoyaga tavsiya etgan holda ijobiy baholayman.


Taqrizchi:
TATU Samarqand filiali
Tabiiy fanlar kafedrasi assistenti: J. Rajabov
Download 79.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling