Taqrizchilar: To‘raev H. H. – Arxeologiya va Buxoro tarixikafedrasi professori, tarix fanlari doktori Jamolova D. M
Download 356.17 Kb.
|
ma\'ruza davlatchilik
Xalq ozodlik xarakatlari. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo‘lib, 720 yilda Sug‘d aholisi bosh ko‘targan va bu harakatta Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar. Bu harakat umumxalk ko‘zg‘oloniga aylanib ketganligi bois, Xuroson noibi Sayd ibn Abdulaziz bu ko‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘la olmadi. 721 yilda xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Sayd ibn Amir al-Xaroshiy Xuroson noibi etib tayinlanadi. U ko‘zg‘olonchilar bilan mo‘zokaralar olib borishi natijasida ko‘zg‘olonchilarning bir kismi arablar tomoniga (Gurak boshchiligida) o‘tgan bo‘lsa, bir qismi shafqatsizlarcha bostiriladi.
VIII asrning 2-choragidan boshlab arab xalifaligida ikkita sulola -Ummaviylar va Abbosiylar o‘rtasida kurash avj oldi. Ma’lumki, ulkan xalifalikni 667 yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko‘p siyosiy o‘zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo‘ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ruy berdi-ki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 718 yildan boshlab Muhammad payg‘ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari - Abbosiylar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshladilar. Ularning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 749 yilda Abu Muslim qo‘shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qilib, Iroq va Jazoirda Ummaviylarga hal qiluvchi zarbalar berdi. Qo‘zg‘olonchilar poytaxt Damashqni ham qo‘lga olib, xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dardilar hamda Abbosiylardan bo‘lgan Abo‘labbos Safaroh (749-754) taxtga o‘tiradi. Ammo, hokimiyat tepasiga boshqa sulola vakillari kelsa ham arablarga qarshi kurash tuxtamadi. 751 yilda Buxoro shaxrida Sharik ibn Shayxulmaxr boshchiligida ko‘zg‘alon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Ali avlodidan xalifa tayinlash shiorini kutarib chiqishadi. Bu ko‘zg‘olon Abu Muslim jo‘natgan Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qo‘shinlar va buxorxudot Qutayba ibn Tug‘shod yordamida bostiriladi. 755 yilda Abu Muslim xalifa Abu Ja’far tomonidan Bag‘dodda xiyonatkorona o‘ldiriladi. Uning do‘sti va safdoshi Sumbad o‘sha yiliyoq do‘sti uchun o‘ch olish maqsadida ko‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olon tez orada Xuroson va Tabaristonga yoyiladi. 70 kun davom etgan qo‘zg‘olon xalifa qo‘shinlari tomonidan qattiqqo‘llik bilan bostiriladi. VIII asrning 70-80-yillarida Movaraunnahrda juda ulkan xalq Qo‘zg‘oloni ko‘tariladi. Tarixda "oq kiyimlilar" qo‘zg‘oloni" deb nom olgan bu harakatga asli kelib chiqishi Marv atroflari yoki Balxdan bo‘lgan Muqanna taxallusli Xoshim ibn Hakim boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olon 776 yilda boshlanib, o‘sha yili Muqanna Amudaryodan o‘tib Kesh viloyatiga keladi va Kesh yaqinidagi Sanam qal’asini o‘ziga qarorgoh, qiladi. Qo‘zg‘olon tez orada Sug‘d, Iloq Shosh, Naxshab va Chag‘aniyon hududlariga yoyiladi. Arab qo‘shinlari bir necha yil davomida Muqanna qo‘zg‘oloniga qarshi qaqshatqich kurash olib borib, VIII asr 80-yillari boshlarida qiyinchilik bilan qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘ldilar. Download 356.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling