Taqrizchilar: To‘raev H. H. – Arxeologiya va Buxoro tarixikafedrasi professori, tarix fanlari doktori Jamolova D. M
Ma’muriy – siyosiy sohadagi vakolatlar
Download 356.17 Kb.
|
ma\'ruza davlatchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy sohadagi vakolatlar
Ma’muriy – siyosiy sohadagi vakolatlar:
Respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtiradi. Respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat budjetida bo‘lgan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy apparati xodimlarining soni va ularga sarflanadigan mablag‘lar miqdorini belgilaydi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlarini, bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini lavoziga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Xo‘jalik boshqaruvi organlari raxbarlarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hay’atlari a’zolarini, shuningdek, Hukumat tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari a’zolarini tasdiqlaydi. O‘zbekistonning davlat xavfsizligi va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo‘riqlashni ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda Respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, katta avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini ko‘radi. O‘zbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi hamda ularni bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi. Iqtisodiy sohadagi vakolatlar: Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining hukuqiy mexanizmini ro‘yobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart- sharoitlar yaratish. Xo‘jalik yuritishning yangi shakllari-konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi, xalq xo‘jaligi va aholi talablarini qondirishdan kelib chiqib, ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi. O‘zbekistonda pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini va ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora – tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Respublika budjetini, shuningdek, mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning ijrosini tashkil etadi. Download 356.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling