Taqrizchilar: To‘raev H. H. – Arxeologiya va Buxoro tarixikafedrasi professori, tarix fanlari doktori Jamolova D. M


Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati


Download 356.17 Kb.
bet78/85
Sana12.10.2023
Hajmi356.17 Kb.
#1700148
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85
Bog'liq
ma\'ruza davlatchilik

Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati.O‘zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi” Qonunga binoan, u O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisning qororlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyatdir.
Hukumat – davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, davlat boshqaruv shaklining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday davlatning oliy ijroya organi hisoblanadi. Hukumat Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy raxbarlik qiladi. Hukumatning shakllanish tartibi, mazkur davlatda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakliga bog‘liq holda o‘rnatiladi hamda turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Misol uchun, AQShda – Ma’muriyat, Angliyada va Turkmanistonda – Ministrlar Kabineti, Fransiya va Italiyada – Ministrlar Kengashi, Xitoyda - Davlat Kengashi, Rossiya va Tojikistonda – Hukumat, Yaponiyada – Kabinet va hok.
O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi Prezident, Oliy majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lish asosida amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Vazirlar mahkamasi qonun bilan belgilab qo‘yilgan o‘z tarkibiga ega. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining raxbarlari kiradi.
Konstitutsiyaga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va ungi rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Prezident tomonidan shakillantiriladi. Prezident Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy majlis palatalariga taqdim etadi.Ushbu masala avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi. Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish Prezident vakolatiga kiradi. Vazirlar mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga ko‘ra, Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining rayosati faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishiga doir vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun Prezidentga taqdim etadi.

  2. Vazirlar Mahkamasi Respublika qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

  3. O‘zbekistonning butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

  • Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini keltirish mumkin:

  • ma’muriy-siyosiy sohasidagi faoliyat;

  • iqtisodiyot sohasidagi faoliyat;

  • ijtimoiy-madaniy sohasidagi faoliyat;


Download 356.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling