Taqsimlangan tizimlar
Download 20.35 Kb.
|
1- maruza
6. Korparatsiya.
Katta firmalar (va xattoki unchalik katta bo’lmagan firmalar) o’z shaxrida, mamlakatida va xattoki butun sayyorada o’zlarining ofislari va ishlab chiqarishiga ega bo’ladilar. Bularning barchasiga bir joyda yetarlicha maskan yo’qligi yoki shunga o’xshash faktlar sabab bo’la oladi. Lekin bundan tashqari masofaviy bo’lak korparatsiyalarni yaratish uchun obyektiv sabablar ham mavjuddir. Aniqlanishlarga ko’ra bozor katta xududlarga nisbatan ko’ptarmoqli tizim xisoblanadi. Bozorda effektiv ishlash uchun korporatsiyalar odatda regional tashkilotlarini yaratadi. Masalan, xalqarotrans korparatsiyasi odatda G’arbiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Afrika va Yaqin Sharq, Aziya, Amerika bo’ylab o’z tashkilotlarini ochgan. Bundanda katta bozorlarda yanada kattaroq geografik qit’alar qo’shiladi. Masofaviy bo’limlarning yaratilishining ikkinchi sababi – ishlab chiqarilganlarni boshqa mamlakatlarga chiqarishdir. Odatda korparatsiyaning shtab-kvartiralari yuqoririvojlangan davlatlarda joylashadi. Ishlab chiqarish ham shunday davlatlarga chiqariladiki, ya’ni u yerda ishchilarning maoshlari ham qoniqarli darajada bo’lsa. Shularga qarab korparatsiyaning tushurimi ham o’sib boradi. Bu yuqoritexnologiyali xududlarga ham tegishli xisoblanadi. Masalan, ayrim ameriqaliklarning izlanishlariga ko’ra, AQSHda dasturchilik kasbi bu yaqin o’n yillikda unchalik ham samarali bo’lmas ekan: boshqa mutaxasislarning mexnatiga qaragandadasturchilarning mexnatiga bo’lgan talab kamaymoqda. U xattoki boshqa mutaxasisliklarning o’rtacha ko’rsatkichidan ham ortda qolmoqda. Buning sababi oddiy – dasturlash bo’yicha ishlarni boshqa davlat dasturchilariga buyurtma qilishmoqda. Xozirgi vaqtda Indiya shu davlatlardan biri bo’lib xisoblanib kelmoqda. Bunday xollarda maxsulot “made in India” degan marka ostida ishlab chiqarilmaydi, balki buyurtma bergan korparatsiya nomi ostida ishlab chiqariladi.
7. Davlat va munitsipial boshqaruv. Davlat va munitsipial boshqaruv tizimi “tariflarga ko’ra” taqsimlangan tizim ham deya ataladi. Yoki bolmasa “ tabiiy taqsimlangan tizim deya ham atash mumkin. Shunday tabiyki gazli va elektrotarmoqli ham bo’lishi mumkin. Ular o’zlarining maqsadlariga faqatgina o’zlarining o’rinlaridagi boshqaruvi yordamida amalga oshirish mumkin. Bunda xattoki malumotlarni yig’ish ham o’z o’rnida amalga oshiriladi.
Download 20.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling