Taqsimot jarayonlarini boshqarish logistikasi


Download 1.02 Mb.
bet1/3
Sana16.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1778661
  1   2   3
Bog'liq
Taqsimot jarayonlarini boshqarish logistikasi

Taqsimot jarayonlarini boshqarish logistikasi

Reja:

1. Taqsimot logistikasining obyekti, predmeti va funksiyalari. 2. Taqsimot logistikasining sohalarda qo’lanilishi va o‘zaro hamkorligi. 3. Logistik tizimda mahsulotlar taqsimotining asosiy kanallari va vositalari. 4. Taqsimotni boshqarish tizimlari va strategiyasi.

Taqsimot logistikasining obyekti, predmeli va funksiyalari

  • Taqsimot logistikasi tushunchasi:Taqsimot logistikasi — bu turli ulgurji xaridorlar o‘rtasida materiallar oqimini taqsimlash jarayonida, ya’ni tovarlarni ulgurji sotish jarayonida amalga oshiriladigan bir-biri bilan bogliq faoliyatlar majmuasidir. Taqsimot logistikasining asosiy maqsadi kam xarajatlar bilan kerakli tovarlarni kerakli vaqtda kerakli joyga yetkazilishini ta’minlash. Talablarni aniqlash va ularga qiziqtiradigan omil topish bilan shug'ullanadigan marketingdan farqli ravishda taqsimlovchi logistika kam xarajatlar bilan marketing tomonidan shakllangan talabni qondirishga xizmat qiladi.

Bunda iste’molchining asosiy mahsulotga bo’lgan ehtiyojini qondirishda quyidagi vazifalardan kelib chiqish lozim:

  • tovarni o‘z vaqtida yetkazib berish
  • buyurtmachining favqulotda talablarini qondirishga qodirlik
  • tovar ortish-tushirish ishlarida ehtiyotkorlik ko'rsatish
  • ishlab chiqaruvchining nuqsonli mahsulotlarni tez almashtirib berishga hamda tovar-moddiy zaxirani ma’lum darajada ushlab turishga tayyor turishi.

Taqsimot logistikasi vazifalarining tarkibi ikki darajaga: ichki va tashqi vazifalarga bo'linadi.

  • Ichki taqsimot logistikasi korxona darajasida quyidagi masalalami hal etadi:
  • Buyurtma qabul qilib, uni bajaradi.
  • Sotuv jarayonini rejalashtiradi.
  • O’ram turini tanlaydi, komplektlash bo‘yicha qaror qabul qiladi, shuningdek, jo'natishdan awal bajarilishi zarur bo‘lgan operatsiyalami tashkil etadi.
  • Mahsulotni jo‘natishni tashkil etadi.
  • Yetkazib berish va transport orqali jo'natish nazoratini tashkil qiladi.
  • Sotilgandan keyingi xizmat ko'rsatishni tashkil etish.
  • Tashqi taqsimot logistikasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
  • Taqsimot kanali arxitekturasini (me’morchiligini) tanlash.
  • Taqsimot kanali ishtirokchilari bilan ishni tashkil qilish (savdo vositachilari).
  • Tayyor mahsulotning taqsimot strategiyasini tanlash.
  • Baho belgilash strategiyasini tanlash.
  • Mahsulotni bozorga olib kirish bo‘yicha tadbirlami tashkil etish.
  • Korxona malisulotining bozordagi holatini nazorat qilish va maqsadli segmentlardagi mahsulol pozitsiyasining tahlili.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling