Taraqqiyot strategiyasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan


Download 15.34 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi15.34 Kb.
#1794998
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Taraqqiyot strategiyasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan:
 Birinchi yo‘nalish: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;(12)
 Ikkinchi yo‘nalish: O‘zbekistonda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;(8)
 Uchinchi yo‘nalish: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;(16)
 To‘rtinchi yo‘nalish: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;(34)
 Beshinchi yo‘nalish: ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;(8)
 Oltinchi yo‘nalish: milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;(10)
 Yettinchi yo‘nalish: O‘zbekiston xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish;(12)

DigCompEdu – o‘qituvchining raqamli kompetensiyalarining Yevropa modelida (Digital Competence of Educators) jami 22 ta kompetensiya ko‘rib chiqiladi. Ularni shakllantirishning 6 ta yo‘nalishi taklif etilgan:


Биринчи йўналиш таълим жараёнининг барча субъектларининг рақамли технологиялар орқали ўзаро таъсирини ўз ичига олган компетециялар билан боғлиқ: жамоа, таълим олувчилар ва уларнинг ота-оналари билан касбий ўзаро ҳамкорлик. Ушбу йўналиш шунингдек, педагогнинг ахборот технологиялари ва рақамли воситалар ва ресурслардан фойдаланиш соҳасида узлуксиз ривожланишга йўналтирилган ўз касбий фаолиятини таҳлил қилиш қобилиятини шакллантиришни ўз ичига олади.
Иккинчи йўналиш педагогнинг ахборот ресурсларини танлаш ва уларни таълим олувчилар эҳтиёжларига мослаштириш, ўз рақамли ресурсларини яратиши ва ўқув жараёнининг барча субъектлари учун улардан хавфсиз фойдаланишни таъминлаш қобилиятини ўз ичига олади.
Учинчи йўналиш таълим жараёни билан бевосита боғлиқ бўлган компетенцияларни шакллантиришни, яъни таълим олувчиларнинг мустақил ишлаш қобилиятини ривожлантиришни таъминлашга, шунингдек, гуруҳ шаклида ишлашда самарали ўзаро таъсирини амалга оширишга қаратилган компетенцияларини қамраб олади.
Тўртинчи йўналиш баҳолаш жараёнида рақамли воситалардан фойдаланиш билан боғлиқ компетенцияларни белгилайди. Таълим олувчилар фаолияти ҳақидаги маълумотларни таҳлил қилиш ва танқидий баҳолаш, шунингдек, ахборот технологияларидан фойдаланиш асосида ўз вақтида ва самарали ҳисобот бериш қобилиятига эга бўлиши керак.
Бешинчи йўналиш педагогнинг шахсга йўналтирилган ўқув жараёни тамойилини амалга ошириш қобилиятини шакллантириш, таълим олувчиларни таълим жараёнига максимал даражада жалб қилиш учун рақамли таълим муҳитида табақалаштирилган ёндашувни таъминлаш ва ўқитиш учун янги имкониятлар яратиш билан боғлиқ.
Олтинчи йўналиш педагогнинг рақамли саводхонлиги, унинг рақамли муҳитда таълим жараёнида зарур бўлган ахборот ва ресурсларни танлаш ва таҳлил қилиш қобилияти, шунингдек, рақамли технологиялардан фойдаланиш билан боғлиқ масалалар ва муаммоларни ҳал қилиш билан боғлиқ компетенцияларни ўз ичига олади.
G.U.Soldatova o‘z tadqiqotida raqamli kompetentlikning to‘rtta turini belgilab o‘tgan[1]:
1) axborot va mediakompetentlik – raqamli ma’lumotlarni qidirish, tushunish, arxivlash va uni tanqidiy aks ettirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malaka, motivatsiya, mas’uliyat, shuningdek raqamli resurslardan (matn, vizual ma’lumot, audio, video va boshqalar) foydalangan holda axborot ob’ektlarini yaratish.
2) kommunikativ kompetentlik – turli xil muloqot shakllari (elektron pochta, chatlar, bloglar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar) va turli maqsadlar uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, motivatsiya va mas’uliyat;
3) texnik kompetentlik – turli muammolarni, jumladan, kompyuter tarmoqlaridan, bulutli xizmatlardan foydalanish va hokazolarni hal qilish uchun apparat va dasturiy ta’minotdan samarali va xavfsiz foydalanish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma, motivatsiya va mas’uliyat;
4) iste’molchi kompetentligi – turli ehtiyojlarni qondirishni o‘z ichiga olgan muayyan hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq turli kundalik vazifalarni hal qilish uchun raqamli qurilmalar va Internetdan foydalanishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, motivatsiya va mas’uliyat.
P.Gilsterning fikricha raqamli kompetensiya inson faoliyatidagi ijtimoiy-kommunikativ jihatlarga urg‘u beradi. 

Raqamli iz (digital footprint) - bu Internetdan foydalanish jarayonida insonlar tomonidan qoldiradigan ma’lumotlardir.




Tarmoq gigienasi (kibergigiena) haqida gapirish kerak, bu tarmoqdagi xavfsizlikni yaxshilash va tizimning ishlashini ta’minlash uchun har qanday qurilma foydalanuvchilari bajaradigan harakatlar to‘plamidir.
Download 15.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling