Tarbiya: Baxt va muvaffaqiyat sirlari!


Tarbiya: Baxt va muvaffaqiyat sirlari!


Download 232.34 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi232.34 Kb.
#197649
1   2   3   4
Bog'liq
Tarbiya fani taqvim-rejalari - 2021

Tarbiya: Baxt va muvaffaqiyat sirlari!
kommunikativlik, ijodiy yaratuvchanlik va hamkorlik ko‘nikmalarini, ya'ni kompetensiyalarni rivojlantirishga zamin yaratadi.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, har qanday darsning sifati faqatgina darslikka emas, balki o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar va metodlarning natijaviyligi, uni qo‘llayotgan o‘qituvchining bilimi, ijodiy va kasbiy mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchining kasbiy mahorati, o‘quvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishlari, ta'lim muhiti va mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda to‘g‘ri tushunilgan, tanlangan va qo‘llanilganda ko‘zlangan pedagogik maqsadga erishish o‘zaro uzviy bo‘lib, o‘qituvchilarning tinimsiz o‘z ustilarida ishlashni talab etadi.

Mavzular xarakteriga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ijodiy hikoyalar tuzib, undagi qahramonlarning fazilatlari va xulq-atvoriga munosabat bildirishga o‘rgatish lozim. Shuningdek, mediamahsulotli vositalar hamda muammoli masalalardan foydalanishga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘quv jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli texnologiyalar va metodlar maqbul uyg‘unlikda qo‘llanishi mumkin. Masalan, “Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim texnologiyasi”, “O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish texnologiyasi”, “O‘qitishni individuallashtirish ta'lim texnologiyasi”, “Modellashtirish ta'lim texnologiyasi”, “Hamkorlik ta'lim texnologiyasi”, “Muammoli ta'lim texnologiyasi”, “Evristik ta'lim texnologiyasi”, “Raqamli ta'lim texnologiyasi” kabi juda keng qo‘llaniladigan texnologiyalari tavsiya etiladi.

O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyati mos ravishda o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan), ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli), kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan) turkumlanishi asosida Interfaol metodlar: “Case study” (yoki “O‘quv keyslari”), “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”; Strategiyalar: “Galereya”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor”; Grafik organayzerlar: “Konseptual jadval”, “Insert”, “Nima uchun jadvali” kabilardan samarali foydalanish mumkin.

Albatta bunda, shakl va mohiyatiga ko‘ra turkumlangan metodlarni tanlashda o‘qitish maqsadi bilan o‘qituvchilarning kuchli bilimi va salohiyati, dunyoqarashi keng, insonparvarlik, vatanparvar, tashabbuskor, ijodkor, madaniyatli va savodli nutq, kasbiy mahorati, o‘z kasbini sevish - o'ziga ishonch yotadi.

Mazkur tig‘izlashtirilgan “Tarbiya” fani namunaviy taqvim-rejada nazorat ishi uchun alohida soat ajratilmagan. Nazorat ishlari amaliy mashg‘ulotlar va yakuniy dars uchun ajratilgan soatlar hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

10-11-sinf “Dunyo dinlari tarixi” va “Ma'naviyat asoslari” fani o‘quv dasturidagi mavzularni uzviyligi va uzluksizligini ta'minlagan holda, belgilangan dars soati va mavzu hususiyatidan kelib chiqib tig‘izlashtirildi. Mazkur taqvim-rejaga ko‘ra, o‘quvchilarning salohiyatidan kelib chiqib, 1 soatga mo‘ljallangan 2-3ta mavzuni umumiy tarzda o‘qitilishi maqsadga





Download 232.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling