Tarbiya fani (Ofitserlar uchun)
Sharq rivoyatlariga ko'ra kimlar bilan do'st bo'lish kerak?
Download 76.05 Kb.
|
Tarbiya fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hadis deganida nimani tushunasiz va hadislardan namunalar keltiring J
- Vatan” tushunchasiga tarif bering va ulug marifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy Vatanga qanday tarif bergan
Sharq rivoyatlariga ko'ra kimlar bilan do'st bo'lish kerak?
J:Donolarning aytishicha, uch guruh kishilar bilan do‘st bo‘lish mumkin: 1. Ilmli kishilar bilan. Chunki ular o‘z hayotlarini ilm-u odob bilan o‘tkazadilar. 2. Olijanob kishilar bilan. Ular do‘stlarining aybini yashiradilar va hech qachon oshkor qilmaydilar. Yolg‘iz qolganda do‘stining aybini o‘ziga aytib, tuzatishga yordam beradilar. 3. Beg‘araz va mard kishilar bilan. Ularning do‘stliklari haqiqiy bo‘ladi. Do‘stlikdan foyda ko‘rishni o‘ylamaydilar. Hadis deganida nimani tushunasiz va hadislardan namunalar keltiring? J: Hadis (arabcha: xabar, gap, yangilik) — Muhammad (s.a.v) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif. Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Muslim“ (q. Muslim ibn Hajjoj), „Sahihi Termiziy“, „Sunani Abi Dovud“, „Su-nani Ibn Moja“, „Sunani Nasoiy“. „Sahihi Buxoriy“ koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. “Vatan” tushunchasiga ta'rif bering va ulug' ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy Vatanga qanday ta'rif bergan? J: Vatan — ona allasi taralgan,beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko'milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko'chalar, sening lahjangda so'zlashadigan, qosh-u ko'zi
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling