Tarbiya fani (Ofitserlar uchun)
Download 76.05 Kb.
|
Tarbiya fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom dinida “Quron”dan keyingi muhim manba bolib hisoblanadigan kitob qaysi va uning muallifi haqida nimalarni bilasiz
Tarbiya fani (Ofitserlar uchun) “Millat” deganda nimani tushunasiz? J: Millat — uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy jarayonda,siyosiy va ijtimoiy maqsadlari bir biriga zid kelmaydigan, aniq hududiy doirada, til va oʻzlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tari-xining eng yuksak choʻqqisi, oʻziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib toptan ijtimoiy birlik shakli. M. kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong , ruhiyat uygunligi va mushtarakligi demakdir. Ungacha ijtimoiy taraqqiyotning etnos (xalq) shakli ham mavjud boʻlib, xalq atamasi juda keng va tor maʼnoda ishlatiladi. M.ni til, hudud va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omillardan biri iqtisodiy negizdir. M.ning iqtisodiy- xoʻjalik birligi asosida til va hudud hamda etnomadaniy birlik paydo boʻladi. M.ning iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning yozma adabiy tili va xalq ogʻzaki tilining sheva va lahjalarining yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo boʻlishiga olib keladi. Shevalar oʻrnini milliy til egallaydi. Uning davlat tili maqomi darajasiga koʻtarilishi M. nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. M. — mustaqil davlat belgisi. Uning mustahkam zamini — davlat iqtisodiy siyosatining barqarorligi M.ning shakllanish darajasiga va fuqarolarining oʻzligini anglash darajasiga bogʻliq. Bundan oʻzbek M.i istisno emas. Islom dinida “Qur'on”dan keyingi muhim manba bo'lib hisoblanadigan kitob qaysi va uning muallifi haqida nimalarni bilasiz? J: Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur'oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buxoriy”ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammadning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Soʻng Basra, Kufa va Bagʻdodga safar qiladi. Shom va Misrga oʻtadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi. Download 76.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling