Tarbiya fani (Ofitserlar uchun)
Download 76.05 Kb.
|
Tarbiya fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokratiya tushunchasiga tarif bering J: Demokratiya
- Mahalla” va “Qishloq” tushunchalariga tarif bering J
- Shahar” tushunchasiga tarif bering va yurtimizdagi tarixiy shaharlarni sanab bering
- Mustaqillik maydoni” qachon tashkil etilgan va bu maydon haqida nimalarni bilasiz
O'zbekiston jahondagi davlatlarning xalqaro uyushmasi – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qachon qabul qilindi va u bilan qaysi yo'nalishlarda hamkorlik amalga oshirilmoqda?
J: Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng koʻp oʻtmay – 1992 yilning 2 martida BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. Demokratiya tushunchasiga ta'rif bering? J: Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. “Mahalla” va “Qishloq” tushunchalariga ta'rif bering? J: Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urugʻ jamoasigina emas, balki ishlab chiqarish manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriarxal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar jamoasini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz navbatida oliy oqsoqollar kengashiga birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha masalalarni oliy kengash orqali hal qilishgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrning boshlarigacha Fargʻona (Parkana) davlatida ham oqsoqollar kengashi muhim vazi-falarni hal etgan. Kengash, asosan, sulh tuzish, vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush eʼlon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Mahalla atamasi arabcha boʻlib, „oʻrin-joy“ degan maʼnoni anglatadi. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Adabiyotlarda M.larning koʻp ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida Buxoroda bundan 1100-yil ilgari bir qancha mahallalar boʻlganini qayd etib oʻtgan. Alisher Navoiy oʻzining „Hayrat ul-abror“ asarida mahallani „mahalla shahar ichidagi shaharcha“dir deb taʼriflaydi, Hirot shahri yuz shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan mahallalardan tashkil topganini aytib oʻtadi. Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. Bu davrda mahallalar fuqarolarning kasbkori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Masalan, zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va h.k. Mahalla qadimda mahalliy hokimiyatning oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Uni boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining yozilmagan ichki tartib-qoidalariga ega boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan. «Qishloq» o‘zbekcha so‘z bo‘lib, qishlaydigan joy degan ma’noni bildiradi. Qadimda ota-bobolarimiz bahor kelishi bilan dehqonchilik qilish uchun dalalarga yo‘l olganlar. Tog‘li va dasht joylarda esa mollarni boqish uchun qir-adir va yaylovlarga chiqilgan. Kuz kelib, hosil yig‘ib olingach, odamlar yana qishloqqa qaytib kelganlar. Qishni jamoa bo‘lib uylarda o‘tkazganlar. Bunday odatlar hozirgi vaqtda ham bor. Dehqonlar, cho‘pon-cho‘liqlar yoz mavsumi kirib kelishi bilan ish boshiga, ya’ni dalalarga, qir-adirlarga chiqib ketadilar. “Shahar” tushunchasiga ta'rif bering va yurtimizdagi tarixiy shaharlarni sanab bering? J:«Shahar» so‘zi obod joy, mamlakat, o‘lka, aholi tig‘iz yashaydigan makon degan ma’nolarni anglatadi. Tarixda o‘lkamiz hududida avvalo qal’a-shaharlar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘zaro birikib, yirik davlatlarga aylangan. Birgina shahardan iborat bo‘lgan shahar-davlatlar bugungi kunda ham uchrab turadi. Masalan, Yevropadagi Vatikan shahar-davlati bunga misol bo‘la oladi. Lekin aksariyat davlatlar ko‘plab hududlar, shahar va qishloqlarni o‘z ichiga oladi. «Shahar» so‘zi o‘zbekcha «qo‘rg‘on», «kent», arabcha «qal’a», «madina» so‘zlari bilan ma’nodosh hisoblanadi. Yurtimizda qadimiy va zamonaviy shaharlar ko‘p. Ularning har biri bizning g‘urur-iftixorimizdir. Ularning timsolida biz Vatanimizning buyuk tarixi, bebaho moddiy va ma’naviy merosi, bugungi taraqqiyot, madaniyat darajasi, xalqimizning bunyodkorlik dahosini ko‘ramiz “Mustaqillik maydoni” qachon tashkil etilgan va bu maydon haqida nimalarni bilasiz? Download 76.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling